Yaxşilikni har kim har kuni qilişi kerak, deydi dono xalqimiz. ERIELL Group kompaniyasi ana şunga amal qilib, 30 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni arafasida Toşkent viloyati «Kiçkintoy» bolalar uyida xayriya aksiyasini ötkazdi. Uşbu muassasada yetti yoşgaça bölgan 45 nafar bolalar, jumladan bir yoşga ham tölmagan gödaklar tarbiyalanadi. Har bir bola mehr va e’tiborga muhtoj böladi, şu bois, ota-ona parvarişidan mahrum bölgan bolalarni yolğizlatmaslik kerak. Bolalar uyining asosiy vazifasi bu yerdagi tarbiyalanuvçilarning oilaviy qadriyatlar va an’analardan xabardor bölişini ta’minlaşdir.

Bolalarning qulay şart-şaroitlarda yaşab, ulğayişlari uçun ERIELL Group tomonidan bino töliq ta’mirlandi: yaşaş şaroitlari yaxşilanib, qöşimça qulayliklar yaratildi. Ta’mirlaş çoğida xavfsizlik masalasiga, mebellar, texnika, eşik va derazalarni almaştirişga alohida e’tibor qaratildi, xöjalik binolari ta’mirdan çiqdi, binoning taşqi qiyofasi yangilandi, xonalarni bezatiş işlari amalga oşirildi. Bular «Kiçkintoy» bolalar uyi tarbiyalanuvçilariga kattalarning alohida e’tibori va ğamxörligini his qilişiga yordam beradi.

Muassasa direktori Tohira Abdusamatovna Ismoilova 25 yildan buyon tarbiyalanuvçilarga onalik qilib kelmoqda. Tohira Abdusamatovnaning bu xizmatlari alohida qadrlanib, u birinçi darajali «Soğlom avlod uçun» ordeni va «Şuhrat» medali bilan taqdirlandi. «Davlatga qaraşli muassasamizda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar tarbiyalanadi. Bu yerda mehnat qilayotgan tarbiyaçilar bolalarning eng yaqin va qadrdon kişilaridir», - deydi Tohira Abdusamatovna. Ta’mirdan çiqqan bolalar uyining oçilişi munosabati bilan taşkil qilingan bayram tadbiri tarbiyalanuvçilarimiz uçun ajoyib bayram tuhfasi böldi.

Bolajonlarni tabriklaş va kayfiyatlarini kötariş maqsadida sevimli multfilm qahramonlari taşrif buyurib, turli öyin-kulgular uyuştirişdi. Ajoyib sovğalar ham bolajonlarga bayramona sovğa böldi, xususan, ERIELL Group va Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamkorligida çop etilgan şerça Leo haqidagi kitobça ham şular jumlasidandir.
















