Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Özbekiston va Qirğiziston yetakçilari şu kunlarda mamlakatlarda keng nişonlanayotgan mustaqillik bayramlari munosabati bilan bir-birini qutlab, birodar xalqlarga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Suhbat çoğida davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça hukumatlararo komissiya navbatdagi yiğilişini joriy yil sentabr oyida ötkazişga kelişib olindi.

Transport va energetika sohalarida mintaqaviy ahamiyatga molik ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni, “Qambarota-1” GESni quriş loyihasini ilgari ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlaş hamda ŞHT Samarqand sammiti kun tartibini muhokama qildi.