«Prezident Ş.M.Mirziyoyevning qatağon qurbonlari xotirasiga bağişlangan marosimdagi nutqiga Rossiya OAVlarida berilgan «munosabatlar»ini öqib çiqdim...
Mustabid tuzum qatağon qurbonlari xotirasini yod etgan Özbekiston Prezidentining muvozanatli, bosiq va öta samimiy nutqiga mutlaqo noadekvat munosabat.
Özi munozara nima haqida? Mustabid tuzum şafqatsiz va berahm bölganligimi?
Yoki halok bölganlar haqiqatan ham ğayriinsoniy qatağon qurbonlari bölganligimi? Aqli töğri va xotirasi aniq bölgan heç qaysi inson u yoki buni söroq qila olmaydi.
Tuzumga qarşi, Vatan ozodligi uçun öz ovozini baland kötarişga jur’at etgan minglab va minglab yurtdoşlarimiz uçun poligon va qabriston bölib qolgan joyda ötgan marosimda men ham qatnaşdim. U çin qalbdan, yoriq va tantanali, qandaydir samimiy, insoniy tarzda ötdi.
Aynan şu joyda jallodlar tomonidan öz ölimini jasorat bilan qabul qilganlar oldidagi qarzimizni insoniy ravişda qaytardik. Bu endi şov-şuvli siyosiylaştiriş va populistik vahima uçun sababmi?» – deb yozgan Safoyev özining Twitter'dagi sahifasida.
Eslatib ötamiz, 31 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev jamoatçilik faollari bilan Şahidlar xotirasi xiyoboniga taşrif buyurib, qatağon qurbonlarini yod etdi. Şuningdek, davlat rahbari «Qatağon qurbonlari xotirasi» muzeyiga kirib, mustaqillik va bobolar haqida fikr bildirgan edi.
– Bu yerga har gal kelib, e’tibor berişimiz bejiz emas. Mustaqillikka erişiş oson bölmagan. Istiqlolimizga 31 yil bölgani bilan bobolarimiz 100 yillar oldin bunga harakat qilgan. 100 ming vatandoşimiz qatağonga uçrab, 13 ming nafari şafqatsiz otib taşlangan. Nima uçun? Tahlil bölgan. Ular eng katta qahramonlarimiz, millatning xazinasi bölgan. 2-3 tadan til bilgan. Vatanimizni ozod qilib, taraqqiyotga olib çiqişini bilişgan. Bu yerda xuddi ularning ovozlari eşitilgandek böladi, – degan edi Şavkat Mirziyoyev.
Uşbu nutqdan söng ayrim rus naşrlari “Özbekiston prezidenti SSSRni özbek millatini yöq qilişda aybladi”, mazmunidagi xabarlar çiqardi.












