“Norasmiy bandlik uluşini qisqartiriş hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondaşuvlar asosida şakllantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 noyabrdan quyidagi 10 ta faoliyat turi özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari röyxatiga kiritiladi:
- uy hayvonlari (qoramol, qöy, eçki, ot va boşqalar) bozorlarida vositaçilik xizmati;
- avtomobil bozorlarida vositaçilik xizmati;
- rieltorlik xizmatini körsatiş (ijaraga uy topib beriş, uy sotib oliş va sotişga kömaklaşiş);
- uyda sut va sut mahsulotlarini qayta işlaş va sotiş xizmati;
- maişiy buyumlarni ijaraga beriş xizmati (stol-stul, idiş-tovoq, asbob-uskuna va boşqalar);
- gips va gançdan buyumlar yasaş (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasaş);
- toş va toş mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlaş;
- yoğoç mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uçun maxsus idiş va boşqa buyumlarni töqiş;
- uy şaroitida pilla yetiştiriş, şaxsiy tomorqa yer uçastkasida tut mevasi, niholi va köçatini yetiştiriş, uyda ipak mato, ipak gilam töqiş va sotiş;
- kulolçilik.
2023 yil 1 yanvardan YaTTlar bilan mehnat munosabatlarida bölgan jismoniy şaxslar uçun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHM 50 foizidan yiliga BHM bir baravarigaça kamaytiriladi (savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bölgan jismoniy şaxslar bundan mustasno).
2023 yil 1 yanvardan özining şaxsiy tomorqa yer uçastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan şuğullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHM kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq tölangan taqdirda, ular rasmiy band bölgan aholi toifasiga kiritiladi va uşbu davr ularning mehnat stajiga qöşiladi:
- çorvaçilik (qoramol, qöy, eçki, ot va boşqalar);
- issiqxona;
- parrandaçilik (bedana, kurka, ğoz, ördak);
- quyonçilik;
- asalariçilik;
- baliqçilik;












