Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakat geosiyosiy nuqtai nazardan murakkab mintaqada özining zaif bölişiga yöl qöymasligini ta’kidladi.

«Biz Turkiyani har tomonlama mustahkamlaşga majburmiz. Turkiya texnologiyalarni rivojlantirayotganining sababi yangi uruşlarga uriniş emas, balki mamlakat qudratini mustahkamlaşga qaratilgan majburiy çora», - dedi u Samsun şahrida ötkazilayotgan TEKNOFEST KARADENIZ aviatsiya, kosmonavtika va texnologiyalar festivalida.

Turkiya prezidenti Gretsiya hukumatini tarixdan saboq olişga çaqirdi.

«Agarda hozirgi provokatsiyalarni davom ettiradigan bölsangiz, buning badali katta böladi. Afinaga faqat bir gapim bor: Izmirni esdan çiqarmang!».

U bu gapi bilan 100 yil avval Mustafo Kamol Otaturk qömondonligi ostidagi turk armiyasi grek qöşinlarini Anatoliya va Izmirdan quvib çiqarganini eslatdi.

«Gretsiya orollarni bosib olgani Turkiyani töxtata olmaydi. Biz kerakli vaqtda kerakli harakatni amalga oşiramiz. Bu kutilmaganda va har qanday tunlarning birida sodir bölişi mumkin», - dedi Rajab Toyyib Erdöğan.