Şavkat Mirziyoyev maktab darsliklari va maşq daftarlarini bepul ijaraga berişni tezkor yölga qöyiş böyiça topşiriq berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari Şerzod Asadov xabar qildi.

«Maktab darsliklari va maşq daftarlarining ijara tölovlari miqdorlari keskin oşirilişi munosabati bilan keng jamoatçilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan prezidentimizga axborot berildi. 

Maktab darsliklari bolalarning umumiy örta ta’lim olişida favqulodda muhim örin tutişini hisobga olib hamda maktab öquvçilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy adolatni ta’minlaş maqsadida davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va maşq daftarlarini bepul ijaraga berişni tezkor yölga qöyiş yuzasidan topşiriq berdi», deyiladi xabarda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilar Özbekistonda maktab darsliklari ijarasi narxi «2−3 baravarga» qimmatlaşgani va birinçi çorakdan keyingina yangi kitoblar çiqarilişidan şikoyat qilişgandi. Xalq ta’limi vazirligi buni qoğoz narxlari va transport xarajatlari oşgani bilan izohlagandi.