Xalq ta’limi vazirining örinbosari Temur Komilov maktab darsliklari kelgusi yillarda ham bepul böladimi, degan savolga javob berdi.
“Bu yil maktablarni kitoblar bilan ta’minlaş uçun 1,1 trln söm mablağ zarur bölib, şundan 605 mlrd sömi davlat budjetidan qoplanişi, qolgan qismi esa ijara mablağlari tuşumlaridan şakllantirilişi közda tutilgan. Bu yil şu 500 mlrdga yaqin summa prezident taşabbusi bilan davlat budjetidan yönaltiriladi.
Bu tizimning şaffofligi, samaradorligini örganiş böyiça topşiriq berilgan. Bu yengillik faqat joriy öquv yiliga taqdim etilgan”, – deya Komilovning 6 sentabr kungi matbuot anjumanida aytgan sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirning birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev bu masalada qöşimça qildi.
“Işçi guruh örganişi natijalaridan kelib çiqib, bu jarayon keyinçalik qanday bölişi keyingi yil budjetining tasdiqlanişida hukumat tomonidan belgilanadi va Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan budjet asosida, köramiz”, – dedi Şarifxöjayev.
Usmon Şarifxöjayevning sözlariga köra, darsliklar ijarasi Xalq ta’limi vazirligi uçun ham taşvişli bölgan.
“Aslida ijara puli masalasi xalq ta’limi sohasi vakillari, ya’ni ustozlar, kutubxonaçilar uçun oğriqli edi. Çunki ota-onalardan u pullarni yiğib oliş, kerakli hisobraqamiga tuşiriş ança muammo bölib, köp mehnat va vaqt talab qilardi”, – dedi vazir örinbosari.
- UPD. Matbuot anjumani oxirida darsliklar ijarasi doimiy bepul qilingani haqida qöşimça tuzatiş-ma’lumot berildi.












