METALL CENTER 2016 yildan buyon aholining keng qatlamiga, yirik mahalliy işlab çiqaruvçilar va quruvçi kompaniyalarga metall mahsulotlari yetkazib berişda samarali faoliyat yuritmoqda. Kompaniyaning asosiy faoliyati metall buyumlarning ulgurji, çakana va taşqi savdosi hisoblanadi. 3 sentabr kuni METALL CENTER kompaniyasi özining 7 yillik yubileyini barça xodimlari bilan birgalikda tantanali tarzda nişonladi.

Abduvosiq Möminov

METALL CENTER kompaniyasi ta’sisçisi Abduvosiq Möminov korxona faoliyati 8 kişilik jamoa bilan boşlanganini aytdi: “Jamoamizda 8 kişi bilan faoliyat boşlagan bölsak, bugunga kelib 200dan ortiq xodimlar bilan işlayapmiz.

Ayni paytda Buxoro, Samarqand, Namangan, Farğona viloyatlari va Toşkent şahrida filiallarimiz işga tuşgan.

2023 yilda sport yönalişida ham tadbirkorlik faoliyatimizni yölga qöyib, sport maktabi oçişni rejalaştirganmiz. Turkiya, Eron, Rossiya davlatlari bilan hamkorlikda işlayapmiz. Yevropa davlatlari bilan ham qöşma loyihalar ustida işlaş niyatidamiz”.

Özbekiston respublikasi mustaqilligining 31 yilligi arafasida 7 yilligini nişonlayotgan kompaniya özining barça işçi-xodimlarini bayram dasturxoni atrofida birlaştirdi. Tadbirda öz mehnati bilan kompaniya faoliyatiga hissa qöşayotgan xodimlarga esdalik sovğalari topşirildi.

Jasurbek Abdurayimov

Kompaniyaning moliya va iqtisod bölimi boşliği Jasurbek Abdurayimovning aytişiça, öz malaka va bilimlarini oşirişni istagan xodimlar uçun oliy ta’lim muassasalarida tahsil olişda şartnoma pullari töliq kompaniya tomonidan tölab beriladi.

Abduvohid Möminov

“Kompaniyamiz boşqa loyihalarni ham amalga oşiryapti. Jumladan, “Şarq baliği” brendi ostida baliqçilik sohasida, “Vodiy tongi” brendi ostida çorvaçilik sohasida tadbirkorlik işlarini boşladik. Aholi uçun sifatli baliq va sut mahsulotlari yetkazib berişda öz hissamizni qöşmoqçimiz”, - deydi kompaniya ta’sisçisi Abduvohid Möminov.