Toşkentda isitiş tizimi qaçon yoqilişi tuşuntirildi

Toşkent şahar hokimligi havo haroratining pasayişi şaroitida isitiş mavsumi qaçon işga tuşirilişi yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd qilinişiça, markazlaşgan isitiş tizimini yoqiş uçun örtaça sutkalik havo harorati ketma-ket beş kun davomida +8°C dan past bölişi talab etiladi. Şu bilan birga, mutasaddilar ötgan yillardagi kabi haqiqiy ob-havo şaroitlari inobatga olinişini, agar havo keskin sovib ketsa, issiqlik uzatişni boşlaş töğrisidagi qaror keçiktirilmasligini taʼkidlamoqda.

Taʼkidlanişiça, hozirgi kunda hokimlik, şahar xizmatlari hamda Veolia Energy kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida tizimlarni isitiş mavsumiga tayyorlaş işlari nazorat ostida olib borilmoqda.

Farğonada boğça bolalari ovqatdan ommaviy zaharlangani gumon qilinmoqda

Farğona şahrida boğçaga qatnovçi kamida 50 nafar bola ovqatdan zaharlangan bölişi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd qilinişiça, şahardagi 2-, 7- va 47-son maktabgaça taʼlim taşkilotlarining tarbiyalanuvçilari tana haroratining kötarilişi, qorin sohasida oğriq, holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi kabi şikoyatlar bilan Farğona viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasiga murojaat qilgan.

Dastlabki epidemiologik suriştiruvda uşbu boğçalarda bolalar isteʼmol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar örganilgan. Jumladan, nonuşta, tuşlik hamda keçki tamaddida isteʼmol qilgan mahsulotlari, uşbu mahsulotlarni yetkazib beruvçilar aniqlangan.

Islomiy bank faoliyati uçun ilk litsenziya berildi

Markaziy bank «Open bank» aksiyadorlik jamiyatiga islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş uçun birinçi litsenziyani berdi. Mazkur litsenziya «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi qonunning 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini qamrab oladi.

Islom bank anʼanaviy kreditlaş örniga ustama savdo, ijara va investitsiyadan olingan foydada iştirok etişdan foydalanadi. Bunda ularning faoliyati foyda olişga qaratilgan bölib, islom moliya standartlari talablariga böysunadi.

Markaziy bank fuqarolarga bank xizmatlaridan foydalanişdan avval uning tegişli litsenziyaga ega ekanini regulyatorning rasmiy sayti orqali tekşirişni tavsiya qildi.

Sirdaryoda qöş qotillik sodir etgan ayolga hukm öqildi

Sirdaryo viloyati, Şirin şaharçasida kundoşi va uning qizlarini piçoqlagan ayol jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi.

Maʼlum qilinişiça, 29 yoşli N.X. 6 yildan buyon erkak bilan şarʼiy nikohda yaşab kelgan. U erining qonuniy nikohidagi turmuş örtoği farzandli bölgani, öziga esa farzand körişga ruxsat berilmagani ortidan doim janjallaşgan. N.X. 2026-yil 29-aprel kuni öz uyidan oşxona piçoğini olib, erkakning xonadoniga borgan hamda uning qonuniy ayoli va farzandlariga hujum qilgan. Oqibatda ayol va bir farzandi hayotdan köz yumgan.

JIB Şirin şahar sudi hukmi bilan N.X. qasddan odam öldiriş va qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş jinoyatlarini sodir etişda aybli deb topildi va 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Töqqiz oyda 10 mingdan ortiq gazballon talon-toroj qilindi

2025-yil va 2026-yilning dastlabki 9 oyida «Hududgaztaʼminot» komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan 3 mingdan ortiq tösatdan tekşiruv va reyd tadbirlari ötkazilib, jami 1217 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Şu davrda suyultirilgan gazni noqonuniy sotişga ixtisoslaşgan 471 ta «bunker» aniqlanib, ularning faoliyatiga çek qöyilgan.

2026-yilning 9 oyida «Hududgaztaʼminot» komplayens nazorat tuzilmalaridagi xizmat tekşiruvlari davomida 1,4 ming tonna suyultirilgan gaz va 10626 dona maişiy gazballoni talon-toroj qilingani aniqlangan.

Huquqiy baho beriş uçun 25 ta material huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilib, ular asosida 19 ta jinoyat işi qözğatilgan.