Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi maktablardan birining öqituvçisi öquvçilarga kitob tarqatiş uçun ularni otayotgani aks etgan video tarqaldi. Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati ma’lumot berişiça, kitoblarni otgan öqituvçi işdan olingan.

Nurobod tumani xalq ta’limi bölimi tomonidan tuzilgan işçi guruh örganişlariga köra, tumandagi 1-sonli umumiy örta ta’lim maktabining 4-sinf rahbari Şohida Ğafforova maktab darsliklari va maşq daftarlarini öquvçilariga qöpol tarzda, öqituvçi etikasi va odob-axloq qoidalariga zid ravişda, sinfdan taşqari holatda tarqatganligi ma’lum bölgan.

«Öqituvçiga xos bölmagan xislatda xatti-harakat qilganligi sababli umumiy örta ta’lim maktabining 4-d sinf rahbari Şohida Ğafforova bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilindi», — deyiladi xabarda.

Şuningdek, maktab darsliklari va maşq daftarlari tarqatilişini nazoratga olmagani va mas’uliyatsizlikka yöl qöygani sabab maktab direktori E.Hamrayev ham egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Ma’lumot uçun, joriy yilda darslik kitoblarining ijara haqi keskin kötarib yuborilgani ota-onalarning e’tiroziga sabab bölgaç, 5sentabr kuni prezident darslik va maşq daftarlarini bepul ijaraga beriş haqida topişiriq bergandi.

Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev maktablar qurilişi böyiça hokimlarni qattiq tanqid qilgan. «290 ta maktabda quriliş-ta’mirlaş işlari nihoyasiga yetmagan. Şu viloyatlarga kelgusi yil maktab böyiça pul berilmaydi. Hokim aybdor, deb hammaning özi televizorda çiqadi: «Şuni bajarmaganimga men aybdorman», deb», degan prezident.