«Hot-dog, lavaş, gamburger, «xrustyaşki», çips, energetik va gazli içimliklar. Bu bugungi kun bolalari va hatto yoşlari sevib iste’mol qiladigan mahsulotlarning kiçik bir röyxati. Biroq uşbu yegulik va içimliklar salomatlik uçun ziyon. Şu sababli Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ularni kundalik taomnomadan çiqarişni tavsiya qiladi. Qolaversa, bu turdagi mahsulotlar yurtimizdagi umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar röyxatiga kiritilgan», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida. 

Jumladan, «Umumiy örta, örta maxsus, professional ta’lim muassasalarida öquvçilar ovqatlanişini taşkil etişning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari»ga köra, quyidagilar maktab oşxonalarida tayyorlanişi va sotilişi mumkin emas:

  • Göşt qöşilgan, mayonez, ketçup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, çizburger va hot-doglar);
  • Sun’iy ta’m, hid beruvçi moddalar, böyoqlar, aromatizatorlar qöşilgan qandolatçilik mahsulotlari;
  • Sun’iy konservantlari bölgan «kiriyeşki», «xrustyaşki» va çipslar;
  • Rangli va rangsiz gazlangan içimliklar;
  • Veterinariya nazoratidan ötmagan göşt, baliq, parrandalar, jigar, til va yurakdan taşqari barça kalla-poyçalar;
  • Taşqi qavati toza bölmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar.
  • Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, şakli özgargan, yorliği bölmagan va işlab çiqariş vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan konservalar;
  • Turli aralaşmalar bilan yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boşqa mahsulotlar.
  • Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pişiriqlar).
  • Xolodets, parranda va tuyoqli hayvonlar oyoğidan tayyorlangan hamda kalla göşti ruletlari, öpka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;
  • Pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik işlov berilmagan, idişda saqlangan tvorog va qaymoq, qölbola qatiq, epizootik noxuş xöjaliklardan olingan, şuningdek, dastlabki işlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bölgan (0,5 foizdan ortiq) boşqa açitilgan sutli mahsulotlar;
  • Qöziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
  • Kvas;
  • Xom dudlangan göştli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, şu jumladan, kaynatilgan kolbasa;