Sifatsiz bajarilgan uşbu quriliş-montaj işlari hajmini tölovdan çiqariş böyiça buyurtmaçilarga talabnomalar kiritilgan. Şundan 4 mlrd 203 mln sömlik 92 ta talabnoma ijrosi ta’minlangan. 

Qayd etilişiça, şunça miqdorga baholangan, lekin amalda sifatsiz bajarilgan quriliş va ta’mir işlari pudratçilar tomonidan öz mablağlari hisobidan me’yoriy hujjatlar talablari asosida qaytadan bajarildi.

Yöl quriliş obektlarida qöpol qoidabuzilişlarga yöl qöygan va davlat inspektorlari tomonidan berilgan körsatmalarni muddatida bartaraf etmagan mansabdor şaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 99- va 147-moddalariga köra 134 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, sud organlariga yuborilgan. 

Bundan taşqari, 120 ta bayonnoma böyiça 175 mln 410 ming sömlik jarima qöllangani aytiladi.