Çempionlar ligasining amaldagi ğolibi startda öta noqulay raqibga duç keldi. «Seltik» uyda istalgan jamoaga muammo tuğdirişi mumkin, qolaversa «keltlar» hozirda juda yuqori sport formasida. Şanba kuni ular azaliy raqibi «Reyndjers»ni tor-mor etdi (4:0). Bu öyinda esa raqib mudofaasi va Kurtua doimiy bosim ostida uşlab turildi, birinçi bölimda Makgregorning zarbasidan keyin faqat darvoza ustuni goldan saqladi.
Bu «Real»ni, albatta xavotirga soldi, ammo öyinning yarim soati ötganida Benzema jarohat olib safdan çiqqanidagi xavotirlar köproq edi. Fransuz hujumçisi örniga tuşirişga boşqa hujumçi yöq edi va Karlo Ançelotti Azar «aldamçi töqqizlik» rolida böladigan sxemaga ötişga qaror qildi. Belgiyalik futbolçi esa işonçni oqladi, avvaliga «Qirollik klubi»da 100-bor YeÇL öyinida maydonga tuşgan Modriçning golida hammualliflik qildi, keyin özi ham yanvardan buyon ilk golini urdi, bu uning Çempionlar ligasida 650 kun içidagi ilk goli böldi.
Uning goli allaqaçon taslim bölgan şotlandlarga sönggi zarba edi. Öyinda birinçi golli hujumdan keyinoq buriliş yuz bergandi — raqibning tajovuzkor pressingidan çiqişda namunali öyin namoyiş etildi, «Real» futbolçilari kombinatsiya davomida 22 bor uzatma amalga oşirişdi. Sönggisi — qanotdan Valverde ijrosida böldi — urugvaylik futbolçi hujum uçligida öng qanotda mustahkam örnaşgan. Vinisius Junior esa Madriddagi faoliyatida ilk bor qatorasiga tört öyinda gol urdi va Benzema yöqligi jamoa uçun hukm bölmasligini körsatib qöydi. Ammo, albatta, köp narsa fransuz hujumçisining jarohati qay darajada ekaniga boğliq böladi.
Qur’a taşlanganida Donetskning «Şaxtyor» klubi odatiga köra «Real» bilan bir kvartetdan joy oldi — qatorasiga uçinçi bor. Bu safar ularning kompaniyasiga «Seltik» va «Leypsig» qöşilgan.
«Şaxtyor» birinçi turni «Leypsig»ga qarşi safarda ötkazdi va kutilmaganda yirik hisobda (4:1) ğalabaga erişdi. Mezbonlar öyinning ilk daqiqalaridanoq taşabbusni qölga olişdi. Mehmonlar darvozaboni Anatoliy Trubin doimiy ravişda öyinda böldi, birinçi jiddiy seyv 14-daqiqaga töğri keldi. Bundesligada ötgan mavsumning eng yaxşi futbolçisi bölgan Kristofer Nkunku jarima maydoni içida turib darvoza burçagini yerlatib nişonga oldi, ammo Trubin zarbani bartaraf etdi.
Lekin ikki daqiqa ötib, maydonning ikkinçi tomonidagi darvozada Peter Gulaçi özini juda yomon tutdi. «Leypsig» maydonning bu qismida özaro pas almaşayotganida, vengriyalik posbon konsentratsiyani yöqotdi va ahmoqona fint öylab topdi. Gulaçi töpni özidan uzoqlaştirib yubordi, «Şaxtyor» forvardi Marian Şved bir urinişda 35 metr masofadan turib darvozani işğol etdi.
«Leypsig» futbolçilarini bu omadsizlik karaxt ahvolga soldi. Nemislar birinçi bölim oxirigaça öziga kela olmadi, «konçilar»ni öyinning bunday keçişi qoniqtirardi va ular tanaffusgaça hisobni saqlaş uçun öynaşdi.
Tanaffusdan keyin mezbonlar faollaşdi va «Şaxtyor» darvozasini qamal qildi, bu öz samarasini berdi. 57-daqiqada «Leypsig» çiroyli kombinatsiya amalga oşirdi, bir neça uzatmalar bilan raqib jarima maydoniga yetib borildi, hal qiluvçi pasni Dominik Soboslai berdi. Uşbu yarimhimoyaçi öng qanotda oçilgan himoyaçi Muhammad Simakanani qulay vaziyatga çiqardi, u esa töpga bir teginişda kuçli zarba yöllab, Trubinni ojiz qoldirdi.
Ammo «Şaxtyor» mezbonlardan farqli ölaroq, tezda öziga keldi. Goldan keyin öyinni maydon markazidan boşlagan mehmonlar maydonning öz tomonidagi bir neça paslardan keyin çap qanotdan tezkor va texnar Mixail Mudrikni oldinga taşlaşdi. Vinger jarima maydoniga yorib kirdi va orqaroqdan kelayotgan Şvedni töp bilan ta’minladi, u yöl-yölakay zarba berdi. Zarba kuçli çiqmadi, ammo «Şaxtyor»ga töp Villi Orbanning oyoğiga tegib, yönalişini özgartirişi yordam berdi.
Birinçi turda öz maydonida yutqazişni istamagan nemislar jamoasi bor kuç bilan oldinga taşlandi. «Şaxtyor»ning yoş futbolçilari esa bundan foydalanişdi. Töpni öz jarima maydonida egallab olgan ukrainlar bitta uzatma bilan Georgiy Sudakov va Mudrikni raqib jarima maydonida ikkiga bir holatga çiqarişdi. Sudakovning uzatmasidan keyin Mudrik osonlik bilan Gulaçini aldab ötib, hisobni oşirdi.
Mudrikka gol va golli uzatmaning özi kamlik qildi va yozda unga «Arsenal» bejiz qiziqmaganini körsatib qöydi. 85-daqiqada uşbu vinger yana öng qanotdan yorib kirib, Lasin Traoreni darvozabon qarşisida yolğiz qoldirdi.
«Leypsig» hisob 1:2 körinişiga kelganidan keyin raqib darvozasi oldida jiddiy vaziyat yarata olmadi. «Şaxtyor» kutilmaganda «Red Bull Arena»dan uç oçko bilan qaytadigan böldi. Domeniko Tedeskoning bundesligdagi muammolari Çempionlar ligasiga ham köçdi — «Leypsig» içki çempionatda 5 öyinda atigi bir ğalabaga erişgan va turnir jadvalining 11-örnida joylaşgan. «Şaxtyor» esa «Real» «Seltik»ka urganidan bitta köproq gol urgani tufayli, F guruhida peşqadamlik qilmoqda.
Zagrebdagi öyinga «Çelsi» safida Obameyang debyut qilişi tufayli ham qiziqiş yuqori edi. Yangi futbolçi debyutdayoq Sterling uçun juda qulay vaziyat yaratib, köklarda qanday ustunlik borligini körsatib qöydi. Ammo «Dinamo» hujumlarga turib berdi, keyin ikki pas bilan mehmonlar darvozasini işğol etdi. Jarima maydoni içidan maydon markaziga uzun uzatma, Petkoviç töpni töxtatib, Orşiç yöliga taşlab berişi, hujumçi esa köklar 87 million yevro tölagan Fofanani ortda qoldirişi.
Ikkinçi bölim ham birinçisi kabi boşlandi. Obameyangning bekor qilingan goli ortidan Ristovski uzoq masofadan kuçli zarba berdi, uni Kepa qiyinçilik bilan tösdi va töp darvoza tösiniga tegdi. «Çelsi» — töpni nazorat qildi, lekin bundan heç qanday naf bölmadi. Tomas Tuxel jamoasi mavsum boşidan buyon şunday öynamoqda. Öyinning qolgan qismida Jyeymsning zarbasi ustunga tegişi va Livakoviç qator seyvlar amalga oşirişi natijani özgartirmadi. Zagrebliklarning ğalabasi — katta sensatsiya emas, «Çelsi» Frenk Lempard davridan buyon ilk bor qatorasiga uç safar uçraşuvida mağlub böldi.
Natijada «Çelsi»da boş murabbiy sifatida 100-öyinidan keyin Tomas Tuxel iste’foga çiqarildi.
Zalsburg — Milan 1:1 Gollar: Okafor (28) — Salemakers (40).
Red Bull – Ken, Dediç, Sole (Bernardo, 42), Pavloviç, Ulmer, Zayvald, Kapaldo, Kergor, Kameri (Gurna-Duat, 65), Okafor (Adamu, 90+3), Fernando Pedro (Şeşko, 65).
Milan – Menyan, Kalabriya (Dest, 57), Tomori, Kalulu, Ernandes, Binnosir (Pobega, 57), Salemakers (Messias, 80), Tonali, de Ketelare (Dias, 70), Jiru (Origi, 57), Leau.
Ogohlantirişlar: Kapaldo (17), Tomori (38), Kalabriya (44), Gurna-Duat (68), Dias (89), Origi (90+2).
«Milan»ning ötgan yili Çempionlar ligasiga qaytişi fiasko bilan yakunlangandi. Rossonerilar «Portu»ni uçinçi öringa ötkazib yuborib, hatto Yevropa ligasi pley-offiga çiqa olişmagan. Şu tufayli Zalsburgdagi öyin muhim edi, avstriyaliklar 2021 yil fevralidan buyon öz uyida mağlub bölmay kelmoqda.
Şveytsariyalik Okafor Kaluluni gazonga ötqazib qöyib, hisobni oçdi va uşbu ajoyib seriya davom ettirilişidan ogoh etdi. Milan derbisi qahramoni bölgan Rafael Leau bu öyinda ham özini körsatdi va Salemakers hisobni tenglaştiruvçi golni urişini ta’minladi. Ammo mehmonlar bundan ortiq javob qaytara olişmadi, Origi öyin oxirida qulay vaziyatni yöqqa çiqardi, Leauning zarbasi ustunga tegdi. Guruh favoritlari bölgan ikki jamoa birinçi turdan keyin jami bir oçkoga ega.
Jamoalarning biri mavsumni juda muvaffaqiyatsiz boşlagan, uning mudofaasi köproq ötiş yölini eslatadi. Ikkinçi jamoa safida esa Yevropaning eng kuçli çempionatida olti turda 10 gol urgan forvard. Bunday holatda «Ramon Sançes Pisxuan»dagi öyin natijasini oldindan aytiş mumkin edi. Kutilganidek De Bryuynening uzatmasidan keyin Holand hisobni oçdi.
U Çempionlar ligasida rekordlarni yangilaşga kirişmoqda. Turnir tarixidagi eng yaxşi töpurar Kriştianu Ronaldu turnirdagi dastlabki 20 öyinida gol ura olmagan. Messi esa bunday vaqtda sakkiz gol urgan. Holandda esa bu körsatkiç 25 ta aniq zarbaga teng. Undan keyingi natijalar Karim Benzema (12) va Robert Levandovskida (11). Norvegiyalik futbolçining öziga işonçi yuqori, özi öynagan jamoalar safida asosiy yevrokubokdagi debyutlarida dubl muallifi bölgan — «Zalsburg», «Borussiyu» va «Man Siti».
Har bir öyin Xosep Gvardiola nihoyat YeÇLda ğolib böliş uçun şu vaqtgaça yetişmay kelgan ingrediyentni topganini körsatmoqda. Qolaversa, Holandning yonida De Bryuyne va Foden kabi mahoratli futbolçilar bor. Foden «şaharliklar»ning dastlabki uç golida qatnaşdi, özi ham finti bilan Gudelni maydonga yiqitib, ajoyib gol urdi.
Kunning birinçi öyinida «Borussiya» dastlab «Kopenhagen»ning qattiq qarşiligiga duç keldi. Daniyaliklar mudofaasini yorib ötişga faqatgina kamdan kam hujumlardan birida erişildi, öz jamoasi jarima maydoni yaqinida töpni egallab olgan Zyule boşlagan hujum Roysning ijrosida yakunlandi. Köp ötmay ikkinçi tezkor kombinatsiya ham samara keltirdi. Reyna Rafael Gerreyruni gol urmaslik qiyin bölgan pozitsiyaga çiqardi va birinçi bölim yakuniga köra öyin taqdiri amalda hal böldi. Öyin oxirida esa Bellingem hisobni yirik körinişga keltirdi.
«PSJ» va Çempionlar ligasi — adoği yöq qayğuli tarix. Hozirça klub va sovrin — turli olamlardagi personajlar. Ammo, guruh bosqiçidagi turliça muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, Parij jamoasi hamişa favoritlar qatorida bölib kelgan. Sönggi yillarda qator yorqin ğalabalarga erişildi — 2019/20 yillar mavsumida «Park de Prens»da «Real» (3:0), ötgan yili esa «Mançester Siti» (2:0) mağlub etildi.
Bu mavsum boşida ham «PSJ»da barçasi joyida. Kristof Galte 3-4-3 sxemasini hozirça muvaffaqiyatli qöllamoqda. Maydon örtasida Marko Verratti va Portugaliya çempionatidan olib kelingan Vitinya yaxşi harakat qilmoqda. Himoyada hatto Serxio Ramosga joy topilgan. Hujum çiziğidagi trioga savollar yöq. Neymar — çempionatning olti öyinida «7+6» körsatkiçini qayd etdi, Leo Messida natija — «3+6». Faqat Kilian Mbappega tartib va axloq borasida savol tuğilişi mumkin, ammo u ham yetti gol urib ulgurgan.
Byankoneri heç qaçon tomoşabop öyin körsatmagan — 90-yillarda Marçello Lippi boşqaruvida ham, 2000-yillarning birinçi yarmida Fabio Kapello qöli ostida ham. 2010-yillarning ikkinçi yarmida «Yuve» xöjayini Andrea Anelli tomoşabop öyin körsatuvçi jamoa qurişga qaror qildi. Superyulduz Kriştianu Ronaldu taklif etildi, zamonaviy öyin uslubida öynovçi murabbiylar çaqirildi. Barçasi yomon tugadi.
Bir neça yil davom etgan beqarorlikdan keyin «Yuventus» yana öz asliga qaytmoqda va tomoşabop öyin körsatiş ikkinçi planga ötmoqda. Jamoada mavsum startida kuzatilayotgan holatni şu bilan ham izohlaş mumkin. Ammo Parijdagi öyin bunday traktovka işlamasligini körsatdi. Hozirda «PSJ» va «keksa sinora» — turli divizionlardagi jamoalar. Fransuzlar jamoasi öziga ortiqçalik qilib qolgan Leandro Paredesni Turinga yuborgani ham bejiz emas.
Öyinning dastlabki 45 daqiqaligida mezbonlar fonida «Yuve» qişloq jamoasidek körindi. Maks Allegri 5-3-2 sxemasi tanlaganini «PSJ»ga mos sxema tanlaşga uringani bilan tuşuntiriş mumkin, ammo amalda bu iş bermadi. Parij bir jiddiy harakat qilişi bilan mehmonlar himoyasi soçilib ketdi. «Yuventus» faqat «PSJ» ruxsat berganida töpni nazorat qiloldi va bu nazorat befoyda edi.
Öyinda tezkor gol urildi, keyin yana bir tezkor gol «PSJ»ning vazifasini osonlaştirdi va öyin tempi biroz pasaydi. Maydonda bir vaqtning özida Neymar, Messi va Mbappe bölganida pressing bilan öynaş ham qiyin.
«PSJ»ning muammosi şundaki, Fransiya çempionatida jamoa xavf his qilmay, öz öyinini öynaydi. Tanaffusdan keyin Allegri sxemani özgartirgan va töpga egalik qilingan bölsa-da, «Yuventus» öyinini sezilarli darajada yaxşiladi deyiş qiyin — jamoa şunçaki kuraşuvçan va diqqatni jamlagan holda edi.
Farq — «PSJ» tufayli. Ueston Makkennining javob golidan oldinroq Mbappe va Neymar ikki kişi bölib darvoza tomon çopib borişdi, fransuz het-trik qilmoqçi böldi va böş darvoza qarşisida böş turgan şerigini töp bilan ta’minlaş örniga özi zarba berişga qaror qildi — xato ketdi.
Hisob 2:1 körinişiga kelganida Neymar tovoni bilan pas berişi va Messining kesib ötuvçi pasi bilan yana ajoyib kombinatsiya amalga oşirildi — Mbappe burçakni aniq nişonga ololmadi.
«PSJ» yozgi qayta qurişdan keyin ham hamon qudratli jamoa, savol faqat muvozanatni saqlaşda. Bahorgaça, mavsumning asosiy öyinlariga qadar Galteda kamçiliklarni yöqotiş uçun vaqt bor. «Yuventus» esa YeÇLda A Seriyadagi kabi öyin körsatmoqda. Lekin jamoa pley-offga çiqiş masalasini «PSJ» bilan öyinlarda emas, «Benfika» va «Makkabi»ga qarşi öyinlarda hal qiladi.
Turnirning guruh bosqiçiga sensatsiya bilan yetib kelgan «Makkabi» Lissabonda «Da Luj» stadioni tablosida tanaffusga qadar 0:0 hisobini saqlab qoldi. Isroilliklar ikkinçi bölim boşida hisobni oçişi ham mumkin edi, ammo öz imkonidan foydalana olmadi va köp ötmay Rafa Silva Grimaldoning uzatmasini golga aylantirdi. Ispaniyalik himoyaçining özi aql bovar qilmas zarba bilan töpni «töqqizlik»ka yöllaganida esa, uçraşuv taqdiri hal böldi.
14 sentabr. «Yuventus» — «Benfika», «Makkabi» H — «PSJ»