Şu yil 19 avgustda Navoiy viloyati hokimligida yiğiliş ötkazilgan va unda “Saxovat va kömak” jamğarmasi mablağlaridan foydalaniş masalasi körib çiqilgan.

Yiğiliş bayoniga köra, viloyatdagi 1650 ta ehtiyojmand oila farzandlariga maktab formasi va öquv qurollari xarid qiliş uçun 300 ming sömdan jami 495 million söm moddiy yordam puli ajratilgan.

Kun.uz'ning aniqlaşiça, bu pullar şakllantirilgan röyxatdagi ehtiyojmand oilalarning hammasiga ham yetib bormagan.

Viloyatning ayrim tumanlarida, xususan Xatirçida pul örniga majburiy ravişda bozor narxi 300 ming sömdan ança arzon bölgan forma tarqatilgan hamda fuqarolarga pul olgani haqidagi röyxatga imzo qöydirib olingan.

Aslida, xalq deputatlari Xatirçi tumani kengaşining 2022 yil 31 avgustdagi qarorida, tumandagi 350 ta ehtiyojmand oilaga 300 ming sömdan pulni naqd beriş nazarda tutilgan.

Mahalliy kengaş qaroriga 350 ta oilaning röyxati ham ilova qilingan. Kun.uz röyxatdagi ba’zi oilalar bilan boğlanib kördi.

Jumladan, tumanning Boğçakalon mahallasida yaşovçi Lola Boboyorova pul örniga maktab formasi berilganini, Navröz mahallasidan Surayyo Bozorova va Lola Sultonova esa pul ham, forma ham berilmaganini ma’lum qildi.

Yana bir fuqaro esa majburiy tarzda maktab formasi berilgani va 300 ming söm pul olgani haqidagi röyxatga imzo qöyidirilgani, berilgan forma bu narxga arzimasligini, bozordan 240 ming sömga undan sifatliroğini xarid qilganini bildirdi.