“Özbekiston Töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
“Töğridan-töğri investitsiyalar jamğarmasi boşqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 100 million AQŞ dollariga teng “Özbekiston Töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi” MÇJ şaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta taşkil qilindi.
Investitsiya kompaniyasi ustav kapitali 1 milliard AQŞ dollariga yetkaziladi. Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri investitsiya kompaniyasi kuzatuv kengaşi raisi hisoblanadi.
Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:
- kredit (qarz) oliş va investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga investorlar pul mablağlarini jalb qiliş;
- yuridik şaxslarni taşkil etiş yoki ular ustav fondlarida (ustav kapitalida), jumladan mol-mulk sotib oliş yöli bilan iştirok etiş;
- yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik örnatiş, jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlari yurisdiksiyalaridan foydalaniş.












