Yangi agentlikdan közlangan asosiy maqsadlar - islohotlar uzviyligini ta’minlaş, yagona yondaşuvlarni şakllantiriş.
Agentlik asosiy vazifalari quyidagilar:
- mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qiliş takliflarini işlab çiqiş, ularni taşkil etiş va nazorat qiliş;
- islohotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda ular samaradorligini baholaş, rasmiyatçilik, sansalorlik va korrupsiyaviy holatlarga şaroit yaratuvçi tizimli muammolarni aniqlaş, bartaraf etiş çoralarini köriş;
- xalqaro moliya institutlari, çet el taşkilotlari va xorijiy mutaxassislarni hamda beğaraz kömak mablağlarini jalb qiliş işlarini tizimli taşkil etiş;
- davlat iştirokidagi korxonalarni transformatsiya qiliş, hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuziş, boşqaruv organlari tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritişni monitoring qiliş.
Şavkat Mirziyoyev şaxsan raisligida Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi kengaşi tuzildi. Kengaşga bir qator vakolatlar berildi.
Agentlik boş direktori va uning örinbosarlari prezident tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Agentlikning maqsad va vazifalari - deyarli har bir sohada amalga oşirilayotgan islohotlarni yagona ğoya va strategiya ostida birlaştiriş, ular oxirigaça yetkazilişini nazorat qiliş, xorijiy va mahalliy ekspertlar iştirokida jamiyat rivoji va xalq manfaati uçun zarur bölgan islohotlarni işlab çiqiş, mavjudlarini ekspertizadan ötkaziş.












