Toşkent viloyatida ayolning foto va videolarini ijtimoiy tarmoqda tarqatib, şarmanda qilmaslik evaziga undan 10 ming dollari talab qilgan şaxs daliliy aşyo bilan uşlandi. Bu haqda viloyat içki işlar boş boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum bölişiça, 15 avgust kunidan boşlab noma’lum fuqaro 1992 yilda tuğilgan M.X. (Parkent tumanida yaşovçi ayol)ga Telegram orqali xabar yozib, agar 10 ming dollar bermasa, uni giyohvand modda sotuvçi ayol sifatida tasvirlab, foto va videolar tarqatişi, qamatiş va oilasini buzib, şarmanda qiliş bilan tahdid qilib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan suriştiruv davomida tezkor xodimlar tomonidan noma’lum fuqarolarning şaxsi aniqlangan va tezkor tadbirda u ayoldan talab qilingan 10 ming dollarni olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.