Ispaniya tennisining yangi yulduzi, 19 yoşli Karlos Alkaras 11 sentabr, yakşanba kuni tennis böyiça AQŞ oçiq çempionati (US Open) finalida norvegiyalik Kasper Ruudni mağlub etdi va tarixda dunyoning eng yoş birinçi raketkasiga aylandi. 

Alkarasdan oldin erkaklar tennisida birinçi raqamli sportçi rossiyalik 26 yoşli Daniil Medvedev edi. Biroq u 1/8 finalda gretsiyalik sportçi Nik Kirosga yutqazib, muhim oçkolarni boy berdi. 

Hozirgaça avstraliyalik Lleyton Hyuitt 1993 yildan buyon ATP jahon reytingida eng yoş 1-raqamli tennisçi bölib kelayotgandi - u bu muvaffaqiyatga 20 yoş-u 9 oyligida erişgan. 

Şu bilan birga, Alkaras 1968 yilda professional tennisga asos solinganidan beri AQŞ oçiq çempionatida ğolib çiqqan ikkinçi ösmirga aylandi. Ilgari xuddi şunday natijani 1990 yilda 19 yoşida uşbu turnirda ğolib çiqqan amerikalik sportçi Pit Sampras körsatgan edi. 

Ispaniyalik tennisçi «Katta dubulğa»ning eng yoş sovrindorlaridan biriga aylandi. 2005 yilda uning vatandoşi, öşa paytda 19 yoşda bölgan Rafael Nadal Parijdagi «Rolan Garros» turnirida ğolib çiqqan. 

AQŞ oçiq çempionatida ğalaba qozonib, Alkaras özining birinçi «Katta dubulğa» musobaqalari doirasidagi titulini qölga kiritdi. Uşbu ğalaba uçun pul mukofoti 2,6 million dollarni taşkil etdi. 

Turnirning finali Nyu-Yorkdagi Arthur Ashe Stadium’da ötkazildi va unga 24 mingga yaqin tomoşabin taşrif buyurdi. Uçraşuv boşlanişidan oldin 2001 yil 11 sentabr terakti qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi.