Davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo öqildi.
Şavkat Mirziyoyev birinçi prezident Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.

Ma’lum qilinişiça, ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi taşriflar boşlanadi.
15-16 sentabr kunlari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Şanhay hamkorlik taşkiloti davlat rahbarlari kengaşi 22-majlisi bölib ötadi.














