Samarqanddagi Kongress markazida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va rasmiy taşrif bilan mamlakatimizda bölib turgan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning uçraşuvi bölib ötdi.

Davlat rahbari Eron prezidentining uşbu taşrifini tarixiy deya baholadi hamda mamlakatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi bilan qutladi.

Keyingi yillarda Özbekiston – Eron munosabatlari yangi sur’at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. 

Muzokaralarda prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaş, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qilişdi.

Savdo va transport sohalaridagi şeriklikka, ikki mamlakat hududlari örtasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar keyingi yillarda özaro muloqot va almaşinuvlar faollaşganini qayd etdi. Savdo körsatkiçlari va kooperatsiya loyihalari soni oşib bormoqda. Ötgan yilda tovar ayirboşlaş 73 foizga, joriy yil boşidan esa yana 15 foizga oşdi.

Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi, biznes va fan-innovatsiya forumlari ötkazildi, Qöşma investitsiya qömitasi ta’sis etildi.

Ikki tomonlama savdoni yanada köpaytiriş, yaqin istiqbolda tovar ayirboşlaşni 1 milliard dollarga yetkaziş uçun keng imkoniyatlar borligi qayd etildi.

Şu maqsadda tegişli «yöl xarita»si işlab çiqiladi. Bundan taşqari, imtiyozli savdo töğrisida bitim imzolaş közda tutilgan.

Qişloq xöjaligi, farmatsevtika, neft-gaz, quriliş materiallari va metall mahsulotlar işlab çiqariş tarmoqlarida, fan va innovatsiyalar sohasida boşlangan va işlab çiqilayotgan kooperatsiya loyihalari qayd etildi. Qöşma sanoat klasterlarini yaratiş orqali işlab çiqarişni mahalliylaştiriş istiqbollari körib çiqildi.

Transport-logistika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. «Özbekiston – Turkmaniston - Eron» yöli orqali avtotransportda yuk taşişni yölga qöyiş, «Çobahor» porti salohiyatidan samarali foydalaniş, yuklar olib kirilişi va tranziti şaroitlarini yengillaştiriş bu boradagi imkoniyatlarning kengayişiga xizmat qilişi aytib ötildi.