Özbekiston va BMT örtasidagi hamkorlik yönalişlari, dolzarb xalqaro masalalar, mamlakatda 2030 yilga qadar barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş borasidagi işlar yuzasidan fikr almaşildi.

Rozmari DiKarlo prezident Şavkat Mirziyoyevga BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning salomini yetkazib, u 2022-2026 yillarda Yangi Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasi doirasida amalga oşirilayotgan islohotlarni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Keyingi yillarda Özbekistonning BMT tuzilmalaridagi iştiroki faollaşgani qayd etildi. Mamlakat taşabbusi bilan BMT Boş assambleyasi mintaqaviy hamkorlik va özaro boğliqlikni ilgari surişga qaratilgan beşta rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Özbekiston 2020-2021 yillarda FAO Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça 32-mintaqaviy konferensiyasida raislik qilgani, BMT Inson huquqlari böyiça kengaşiga a’zo bölib kirgani, YuNeSKO kiçik yoşli bolalar tarbiyasi va ta’limi böyiça jahon konferensiyasi va Jahon sayyohlik taşkiloti (YuNVTO) boş assambleyasini ötkazişni rejalaştirayotgani alohida ta’kidlandi.

Tomonlar Orol dengizi halokati oqibatlarini yumşatiş, Afğonistonda tinçlik örnatiş va afğon xalqiga kömaklaşiş loyihalarini amalga oşiriş, Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotni ilgari suriş va özaro boğliqlikni mustahkamlaş borasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga kelişib oldi.