Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 sentabr kuni Samarqandda Şanhay hamkorlik taşkilotining navbatdagi sammitida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv avvalida davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.
Özbekiston-Möğuliston munosabatlarini faollaştiriş masalalari körib çiqildi.
Ikki mamlakat prezidentlari joriy yil iyun oyida Toşkent şahrida ötkazilgan birinçi qöşma biznes-forum yakunlarini yuqori baholadi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Buning uçun zaror şartnomaviy-huquqiy asoslarni şakllantiriş, qöşma kooperatsiya, eng avvalo, agrosanoat sohasida aniq loyiha va dasturlarni ilgari suriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar almaşinuvlar va hududlararo aloqalarni kengaytirişdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.
Möğuliston prezidenti Özbekistonning Şanhay hamkorlik taşkilotidagi samarali raisligini qayd etib, sammit muvaffaqiyatli ötişini tiladi.
Uçraşuv yakunida ikki mamlakat zrtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarga tizimli tus beriş, özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça «yöl xaritasi»ni qabul qilişga kelişib olindi.













