Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 sentabr kuni Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitida iştirok etiş uçun mamlakatga kelgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuv avvalida Aleksandr Lukaşenko prezidentga taklif uçun taşakkur izhor etdi hamda Belarusni uşbu nufuzli xalqaro tuzilmaga qabul qiliş tartibotini boşlaş masalasini qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildirdi.

Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, köp qirrali amaliy şeriklikni izçil kengaytiriş, xalqaro va mintaqaviy siyosat yuzasidan fikr almaşildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston-Belarus munosabatlari döstlik va şeriklik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Özaro savdo-iqtisodiy hamkorlik faollaşgan, tovar ayirboşlaş ötgan yilda 44 foizga, joriy yilning yetti oyida esa yana 12 foizga oşdi.

Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmoğini kengaytiriş, oziq-ovqatni tezlaştirilgan tarzda yetkazib beriş böyiça “Agroekspress” loyihasini işga tuşiriş, tovarlar kelib çiqişini sertifikatlaştiriş böyiça elektron tizimni joriy qilişga kelişib oldi.

Özbekiston va Belarus yetakçilari maşinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi böyiça özaro manfaatli şeriklikni ilgari suriş zarurligini qayd etdi. Mamlakatlar hududlari salohiyatidan samarali foydalaniş muhimligi ta’kidlandi. Davlat rahbari Özbekistonda ikkinçi hududlararo forumni ötkazişni taklif etdi.

Tomonlar madaniy-gumanitar yönalişda, birinçi navbatda ta’lim va kinematografiya sohalaridagi hamkorlik faol rivojlanib borayotganini qayd etdi.