Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 sentabr kuni Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti faxriy mehmoni sifatida Samarqandda bölib turgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uçraşuv ötkazdi.
Turkmaniston prezidenti Özbekistonda unga körsatilgan mehmondöstlik uçun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi. Turkmaniston milliy kengaşi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomini yetkazdi. Oliy martabali mehmon Samarqandda Özbekiston prezidenti rahbarligida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlarini qayd etdi.

Prezidentlar Özbekiston bilan Turkmaniston örtasidagi an’anaviy yaqin döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlari keyingi yillarda sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilgani va aniq amaliy mazmun bilan boyiganini ta’kidladi.
Tovar ayirboşlaş hajmi barqaror oşib borayotgani va yil boşidan 10 foizga ortgani körsatib ötildi. Logistika, sanoat, qişloq va suv xöjaligi sohalarida qöşma kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Hududlar hamkorligi va madaniy-gumanitar almaşinuv kengayib bormoqda.












