Suhbat avvalida Tojikiston yetakçisi Özbekistonning Şanhay hamkorlik taşkilotidagi raisligini yuqori baholadi va prezident rahbarligida Samarqandda röy bergan yangilanişlarni alohida qayd etdi.

Samarqand sammiti yakunlari ŞHT doirasidagi köp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaşi va taşkilot xalqaro nufuzini yuksaltirişi ta’kidlandi.

Prezidentlar birodar mamlakatlar örtasidagi döstlik va yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari izçil kengayib, mustahkamlanayotganini qayd etdi. Joriy yil boşidan özaro savdo hajmi 16 foizga oşdi. Iqtisodiyot turli tarmoqlarida, jumladan elektrotexnika, qişloq va suv xöjaligi, transport va boşqa sohalarda qöşma kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Davlat rahbarlari mamlakatlar va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvçi loyiha - Yavon GESni barpo etiş böyiça işlar boşlangani muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdi.

Özbekiston va Tojikiston yetakçilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almaşdi.