AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 600 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini topşirişni buyurdi, deb xabar berdi 15 sentabr, payşanba kuni Oq uy matbuot xizmati.
Prezidentning tarqatilgan memorandumida aytilişiça, u Ukrainaga «600 million dollargaça» yordam ajratiş böyiça «davlat kotibiga vakolat bergan». Uşbu mablağlar Qöşma Ştatlarning «Mudofaa vazirligi xarajatlari moddalarini qisqartiriş» hisobidan ajratiladi hamda «harbiy ta’lim va kadrlarni öqitiş» uçun ham işlatiladi.
Pentagon ma’lumotlariga köra, yangi harbiy yordam paketiga, xususan, HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun «qöşimça» öq-dorilar, 36 000 ta 105 millimetrli artilleriya snaryadlari va 1000 ta aniq boşqariladigan 155 millimetrli artilleriya snaryadlari kiritilgan. Bundan taşqari, Qöşma Ştatlar Kiyevga törtta artilleriyaga qarşi radar, oğir texnikani taşiş uçun yuk maşinalari va tirkamalar, UUAga qarşi tizimlar, minalardan tozalaş uskunalari, Claymore piyodalarga qarşi öq-dorilari, portlovçi moddalar, öqotar qurollar va ular uçun patronlar, tungi köriş moslamalari, sovuq harorat uçun kiyim-boşlar va boşqa dala jihozlarini yetkazib beradi, deyiladi xabarda.
«Ukrainaning jang maydonidagi özgaruvçan ehtiyojlarini qondiriş uçun Qöşma Ştatlar ittifoqdoşlari va hamkorlari bilan Ukrainaga asosiy imkoniyatlarni taqdim etiş böyiça işlaşda davom etadi», — deya ta’kidladi Pentagon.
Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirişi boşlanganidan beri Vaşington Kiyevga xavfsizlik uçun yordam sifatida taxminan 15,1 milliard dollar yönaltirdi.
AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken yangi yordam paketining ajratilişiga izoh berar ekan, «prezident Bayden Ukraina xalqini kerak bölgan vaqtgaça qöllab-quvvatlaşimizni oçiq aytdi», dedi. Davlat kotibi sözlariga köra, Qöşma Ştatlar Ukrainaga «jang maydonidagi vaziyatni özgartiriş va vaqti kelganda muzokaralar stolidagi örnini mustahkamlaş» imkonini taqdim etyapti.













