Zohidon qişloğida yaşovçi Raşid Mamayusupovning ta’kidlaşiça, kolodetsga urilişi oqibatida avtomobilining ikki balloni yorilib ketgan.

Raşid Mamayusupov / Foto: KUN.UZ

“Qişloğimizdan kanalizatsiya quvuri olib ötişdi. Işlar bajarilmasidan avval yölimiz ravon, asfalt ham sifatli edi. Eng açinarlisi, quvur tortiş işlaridan keyin kolodetslar asfaltdan ança kötarilib qoldi. Bugungi kunda köpçilikda texnika bor.

Boşqalar qatori men ham bu holatdan jabr kördim. Donasi 600 ming söm turadigan ikki ballonim beton qirrasiga tegib yorilib ketdi. Qarama-qarşi tomondan maşina kelib qolganida beixtiyor kolodets ustiga maşina haydaşga majbur bölyapmiz. 5-6 nafar haydovçi mendek holatdan jabr körişdi,” – deydi u.

“Kanalizatsiya ötganiga bir yil böldi. Kolodetsni ikki taşkilot qöyib örnatib ketdi. Kolodetslar asfaltdan bir qariç balandda joylaşgan. Holatdan ayniqsa haydovçilar aziyat çekişyapti. Yöl-transport hodisalari juda köp bölyapti. Işlar qöl uçida qilingan. Amalga oşirgan işlari talabga javob bermaydi. Ayrim joylarda yöllar yarim metrgaça çökib yotibdi. Qayerga murojaat qilişni ham bilmay qoldik”, – deydi Nurafşon köçasida yaşovçi Abdusalom Yöldoşev.

Abdusalom Yöldoşev / Foto: KUN.UZ

Muzaffar Tojixolov haydovçilarni qiynayotgan mavjud muammo qatori içimlik suvi quvuri yorilib ketgani, mutasaddilar esa masalaga panja ortidan qarayotganini ta’kidladi.

“Kolodetsning ahvolini körib turibsiz. Yöldan ança balandda. Yölning ikkinçi tomonidan esa içimlik suvi quvuri olib ötilgan. Suv quvuri yorilib ketganiga yaqinda bir oy böladi. Aholi pul yiğib ehtiyot qismini olib berdik. Suv ta’minotdan kelib ulab ketişdi. Oradan 3-4 kun ötib yana quvur yorildi. Suv uçun aholi tölovlarni amalga oşirgan. Heç bir taşkilot mavjud muammoni gardaniga olgisi kelmayapti. Aholi içimlik suvisiz yaşamoqda”, – deydi u.