Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 sentabr kuni kimyo sanoatida erişilgan asosiy körsatkiçlar va rejalaştirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona, Navoiy va Toşkent viloyatlaridagi yirik korxonalar negizida 4 ta kimyo klasteri taşkil etilmoqda. Ular xomaşyodan tayyor mahsulotgaça işlab çiqaradigan böladi. Hozirda 1,8 milliard dollarlik 14 ta loyiha amalga oşirilmoqda va 5,6 milliard dollarlik yana 29 ta loyiha rejalaştirilgan.
Prezident uşbu klasterlar faoliyatini samarali yölga qöyiş uçun loyiha ofisi tuziş, böş turgan maydonlarni lotlarga ajratib, xususiy investorlarni jalb etiş kerakligini aytdi.
Kimyo zavodlarida ilğor tajriba va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, ulardagi davlat uluşini xususiylaştiriş böyiça körsatmalar berildi.
Dunyodagi hozirgi murakkab vaziyatda qişloq xöjaligini mineral öğit bilan uzluksiz ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi.
Bozorda hamişa talab bölgan yana bir yönaliş – maişiy kimyo vositalari. Bu talab katta qismi import hisobidan qoplanmoqda. Mahalliy mahsulotlar örnini oşiriş yönalişida xususiy sektorga keng örin berib, xomaşyo bilan ta’minlaş, xalqaro brendlarni olib keliş vazifasi qöyildi.












