Özbekistonda bir kunda bir martagina taksi qatnaydigan qişloq haqida eşitganmisiz? Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumani, Ğyelon qişloğiga bir kunda bir marta taksi boradi xolos. Çunki qişloqqa toğlar oralab salkam 3 soat yöl yurib borişga töğri keladi. “Manzil” loyihasi bu galgi sonini şu qişloqqa bağişladi.

Ğyelonda uylarning qurilişi nuqtayi nazaridan qadimiy uslub saqlanib qolgan. Tor köçalar, mö’jazgina eşikçadan kirib boriladigan va umumiy hovliga qaragan uyçalar qişloqqa ekzotik muhit bağişlab turadi.

Qişloq toğlar orasida joylaşgani sabab u yerning harorati ançagina sovuq. Buni köplab hududlarda iyun oyida tugab bitgan mevalar u yerda sentabr oyiga kelib pişişidan ham bilsa böladi. Örik va olvalini tasvirga oliş vaqtida tanovul qildik.

Qişloqda aholi tomonidan örnatilgan mini GESlar köplab xonadonlarga elektr ulaşayotganiga guvoh böldik. Toğdan oqib tuşayotgan suvdan oqilona foydalanib, undan elektr işlab çiqariş ham bir iqtisod desa böladi. Qişloqdagi tegirmon ham suv bilan işlaydi va unga ham elektr energiyasi kerak emas.

Qişloqliklarning asosiy ulovi – mototsikllar. Yoqilği sarfi kam, toğli yöllarda muammosiz harakatlaniş mumkin. Şuning uçun ğyelonliklarning har bir xonadonida bir emas, bir neçtalab mototsikldan foydalanişadi.

Har doim aytganimizdek, ming marta eşitgandan bir marta körgan yaxşi. “Manzil” loyihasining yangi sonida yurtimizdagi navbatdagi ajoyib qişloq bilan tanişing.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus.