Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda o‘quvchilar a’zo bo‘layotgan «Vatan tayanchi» harakati haqida ma’lumot berildi
Harakat tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar OTMga kirishda to‘plagan ballari 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo‘ladi.
«Vatan tayanchi» — bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati hisoblanadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, harakatning faoliyati ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish kabi maqsadlarga qaratilgan.
«Vatan tayanchi» otryadi a’zoligiga umumta’lim maktabining 10-11 sinf o‘quvchilari orasidan a’zo bo‘lish istagini bildirgan umumiy 20 nafar yoshlar saralab olingan.
«Vatan tayanchi» harakatining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan otryad a’zolari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
11:45 / 17.06.2026
Soliq oliy maktabida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari ochiladi
13:43 / 02.06.2026