Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yilgi öquv yilidan talaba-qizlar uçun foizsiz ta’lim kreditlarining ajratilişi,  joriy yilning 4 mart kunidagi videoselektor yiğilişida barça davlat taşkilotlari va muassasalarida talabalarning işlaşiga ruxsat berilişi mamlakat rahbariyatining kelajak avlodga bölgan işonçi, şuningdek yoşlarning özini anglaşi, mukammal bilimlarni egallab rivojlanişi uçun şaroit yaratişga bölgan munosabatini yaqqol namoyiş etadi. “Turonbank” ATB ham bu borada yangi loyihalarni amalga oşirmoqda.

Foto: Turonbank

Bank misolida olib qaralsa, bugungi kunda bankda faoliyat olib boradigan jami xodimlarning deyarli 38 foizini yoşlar taşkil etib, ular orasida bir vaqtning özida ham öqib ham işlaydigan yoşlar juda köp. Şuni alohida qayd etiş lozimki, Turonbank birinçilardan bölib bitiruvçi kurslarda tahsil oladigan talabalarni maxsus test sinovlari va şaxsan bank Boşqaruv raisining suhbatidan ötkazib, işga jalb qiliş tizimini yölga qöygan. Ularning işlaşi va ta’lim olişlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida alohida şart-şaroitlar yaratilgan. Bunday yoşlarning qariyb 300 nafari bugungi kunda bankda faoliyat körsatmoqda. 

Foto: Turonbank

2022 yildan boşlab esa, “Turonbank” ATB yana bir ajoyib işga qöl urdi. Bilimga çanqoq va intiluvçan yoşlar uçun “Turonbank Stipendiyasi” loyihasi joriy etildi. Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida (Toşkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Moliya instituti, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti va boşqalar) iqtisodiyot yönalişi böyiça eng yuqori ball töplab öqişga qabul qilingan 100 nafar talaba mazkur stipendiyaga nomzod sifatida taklif etildi. Iqtidorli yoşlar Turonbank Boşqaruv raisi Çori Mirzayev bilan uçraşdi. Uçraşuv davomida bank boşqaruv raisi nomzodlar bilan tanişib ular bilan suhbatlaşdi. Ularga stipendiyani qölga kiritiş orqali taqdim etiladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Foto: Turonbank

Şuningdek, stipendiyadan taşqari şartnoma asosida tahsil oladigan talabalarning kontrakt summalari tölab beriladi. Birinçi va ikkinçi kurslarda stipendiya sohiblarining faqatgina bilim olişlari uçun barça şaroitlar yaratiladi, 3 kursdan boşlab «Turonbank» ATBda mehnat faoliyatini boşlaş imkoniyati yaratiladi. Şu bilan birga ular doimiy Turonbank e’tiborida bölib, har tomonlama qöllab-quvvatlanadi, moliya muassasasi tomonidan ötkaziladigan turli tadbirlar va seminarlarda iştirok etib, ta’til vaqtlarida bemalol bankda iş örganiş imkoniyatiga ham ega bölişadi. “Öqişni tamomlaganimdan keyin qayerda işlayman?” degan savol ularni qiynamaydi. Şuning uçun ham ular özlarining bor diqqat-eʼtiborlarini bilim olişga qaratadi, bunday yoşlar esa albatta yetuk mutaxassis darajasiga kötarilişi öz navbatida bank rivojlanişiga öz hissasini qöşişi aniq.