Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida Mercedes-Benz yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Qamchiq dovonida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Foto: YHXX
Bugun, 2022 yil 8 oktabr kuni soat 10:45 larda, Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 198-kilometrida Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan YPX hamda FVVning "Qamchiq" qutqaruv guruhi xodimlari yetib kelgan.
Qayd etilishicha, haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, hodisa oqibatlari bartaraf qilingan.
Hozirda ushbu YTH yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:16 / 31.10.2025
Toshkentda «Mercedes-Benz» tez yordam avtomobili bilan to‘qnashdi
17:38 / 28.10.2025
Cobalt mashinalari ortilgan treyler Qamchiqda xandaqqa tushib ketdi
13:41 / 18.10.2025
Qamchiqda xandaqqa tushib ketgan mashina va uning haydovchisi chiqarib olindi
20:46 / 28.08.2025