Xorijiy davlatlar bilan özaro ilmiy-madaniy aloqalar ta’lim tizimining ravnaqiga xizmat qilişi muqarrar. Xuddi şu ma’noda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzayev Bahodir Suyunoviç va AQŞning Garvard Universiteti Devis markazi direktori Mariye Altamore rahbarligidagi delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazildi. 

Foto: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti

Uçraşuvda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti va AQŞning Garvard universiteti Devis markazi hamkorlikda ilmiy loyihalarni tayyorlaş, talabalarni kredit mobillik almaşuv dasturi, talabalar uçun yozgi va kuzgi maktablarni taşkil qiliş hamda professor-öqituvçilarning salohiyatini oşiriş va özaro almaşinuv dasturlarini rivojlantiriş böyiça ikki tomonlama manfaatli masalalar kelişuviga erişildi.

Foto: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
Foto: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti

Şuningdek, hozirgi geosiyosiy vaziyatda Yevrosiyo mintaqasi olimlarini Özbekiston universitetlari bilan öquv, ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlaştiruvçi işçi organ sifatida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti belgilab olindi. Hamkorlik riştalari ikki tomonlama manfaatdorlik va döstona tarzda mustahkamlandi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Matbuot xizmati Ⓣ