Gross suğurta kompaniyasi törtinçi Toşkent TAF!2022 reklama festivalida uçta mukofot sohibi böldi. Festival Özbekistonda yagona eng yirik reklama namoyişiga aylandi. Gross kompaniyasi iste’molçilar va xalqaro professional hakamlar hay’atiga öz reklama kampaniyalarini namoyiş qiliş hamda öz işlariga yuqori baho oliş imkoniga ega böldi.

Marketing sohasidagi yetakçi mutaxassislar tomonidan professional baholaş yakunlariga köra Gross kompaniyasining «Har yöl — oq yöl» reklama kampaniyasi 3ta mukofotga sazovor böldi. Halqaro hakamlar hay’ati «Milliy qadriyatlar qöllangan kampaniya» nominatsiyasida «Platina» mukofotini, mamlakatimiz hakamlar hay’ati esa «Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qiliş» nominatsiyasida «Oltin» hamda « Digital kampaniya» nominatsiyasida «Bronza» mukofotini berişga qaror qildi. Reklama kampaniyasi Synthesis kreativ agentligi iştirokida amalga oşirildi va Mubinov video-prodakshen (Snova — prodakshn) tomonidan hayotga tatbiq qilindi.
Xalqaro hakamlar hay’ati a’zolari reklama roligi ijrosida yuqori darajada professionallik namoyon etilganini va özbek milliy qadriyatlaridan hamda mentalitetining öziga xos jihatlaridan saviyali foydalanilganligini alohida qayd etdi.

Rolik dam olişga çoğlangan oila haqida qiziqarli tarixni hikoya qiladi. Bu bilan kompaniya odamlarga suğurta bilan himoyalaniş haqida qadriyatlarni singdira olgan.

Gross suğurta kompaniyasi jamoasi ğoyadan boşlab, uni röyobga çiqariş va ommalaştirişning har bir bosqiçida reklama kampaniyasini yaratiş va işga tuşirişda öz hissasini qöşgan barça-barçaga, şuningdek Toşkent reklama festivalini ötkazganligi uçun Özbekiston marketing uyuşmasiga hamda öz tanlovini amalga oşirgan hay’at a’zolari bölmiş ekspertlarga öz minnatdorçiligini bildiradi.
Şuni doimo yodda tutingki, Gross bilan: «Har yöl — oq yöl» .
Mijozlarni qöllab-quvvatlaş markazi: 1166.
Sayt: gross.uz











