O‘zbekiston | 08:47 / 23.05.2023
8663
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Yil brendi» mukofoti ekspertlari Gross'ni tanladi

Foto: Gross

Gross sug‘urta kompaniyasi «Yil brendi 2022» mukofoti yuzasidan ovoz berishda ishtirok etgan ekspertlar talqiniga ko‘ra «Moliya» nominatsiyasida sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Mukofot sohiblari 20 may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan V xalqaro marketing biznes-forumi doirasida aniqlandi. Jami 221 brend 25 ta nominatsiya bo‘yicha mukofotga da’vogar bo‘ldi. Telegram botda o‘tkazilgan iste’molchilarning ochiq ommaviy ovoz berish jarayonida 500 000 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Shuningdek parallel ravishda O‘zbekiston marketing uyushmasining 200 ga yaqin eksperti va hamkorlari orasida ovoz berish o‘tkazildi.

G‘oliblarni tanlashda ekspertlar brendning O‘zbekiston bozorida faolligi, kreativ reklama kampaniyalari, iste’molchilarning sodiqligi, servis, brendning moliyaviy ko‘rsatkichlarini aks ettiradigan statistika ma’lumotlari kabi mezonlarga va boshqa ko‘plab jihatlarga asoslandi.

«Bizning kompaniya «Yil brendi» mukofotida ikkinchi marta ishtirok etmoqda. 2020 yilda biz iste’molchilar va ekspertlar orasida ovoz berish yakunlariga ko‘ra ikki marta g‘olib bo‘ldik. Moliya sektorining yirik kompaniyalari bilan musobaqalashgan holda kompaniyamizni «Moliya» nominatsiyasida «Eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi» deya e’tirof qilinishi biz uchun shubhasiz biz uchun juda qadrlidir. Gross jamoasining barcha a’zolari nomidan o‘z ovozini bizga bergan har bir kishiga tashakkurimizni izhor etaman, bu rivojlanishimiz uchun eng kuchli rag‘batdir», – deb izohlab berdi Gross sug‘urta kompaniyasining Boshqaruv raisi Otabek Nazarov. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Gross'ning birvarakayiga ikkita kreativ reklama kampaniyasiga TAF!2022 reklama festivalida uchta mukofot berilgan edi. Xalqaro hay’at tomonidan «Milliy qadriyatlar qo‘llangan kampaniya» nominatsiyasida «Platina» mukofoti, mamlakatimiz hakamlar hay’ati tomonidan esa «Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish» nominatsiyasida «Oltin» hamda «Digital kompaniya» nominatsiyasida «Bronza» mukofoti berilgan edi. Shuningdek kompaniya Red Jolbors 2022 Markaziy Osiyo kommunikatsiyalar festivalida ham Film Craft: Cinematography nominatsiyasida «Kumush» sohibi bo‘ldi.

Hozirda Gross O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan yuritiladigan marketing samaradorligi milliy reytingida O‘zbekistonda taqdim etilgan mamlakatimizdagi va xalqaro barcha brendlar orasida 12-o‘rinni hamda mamlakatimizdagi sug‘urta kompaniyalari orasida 1-o‘rinni egallab turibdi.

Gross sug‘urta kompaniyasiga 2011 yilda asos solingan bo‘lib, jo‘shqin faoliyat yakunlari, innovatsiyalar va filiallar tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, professional jamoa va mijozlar bilan tezkor ravishda ishlash tufayli kompaniya milliy sug‘urta bozorida yetakchilardan biriga aylandi. Bugungi kunda Gross kompaniyasi jami mamlakat bo‘ylab o‘z xizmatlarini taqdim etmoqda. Gross'da mijozlar uchun dam olish kunlarisiz, kun-u tun davomida, 24/7/365 rejimida yagona 1166 qisqa raqami orqali ishlaydigan mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati, shuningdek, sug‘urta polislarini onlayn tarzda rasmiylashtirish imkoniyati nazarda tutilgan.

Sayt: gross.uz

Facebook: fb.com/grossuz

Instagram: @gross.uzb

Telegram: t.me/grossuzb

Telegram-bot: t.me/grossrobot

Reklama

Mavzuga oid