Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi sohasida dunyoga tanilgan olim, Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Abdumavlon Abdullayev 2022 yil 8 dekabr kuni 92 yoşida vafot etdi.
Abdumavlon Abdullayev 1930 yilda Namangan viloyatida tuğilgan. Özbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti boş ilmiy xodimi lavozimida işlab kelgan.
U 1961 yilda nomzodlik, 1972 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1979 yilda ÖzR FA muxbir a’zosi etib saylangan.
1980 yilda «Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi» unvoni bilan taqdirlangan. 1984 yilda esa «Genetika» sohasi böyiça professor unvoni berilgan. 1995 yilda u «Molekulyar genetika» sohasi böyiça ÖzR FA akademigi etib saylangan.
Akademik A.Abdullayev asosiy ilmiy yönalişi ğöza genetikasi, sistematikasi, evolyutsiyasi va filogeniyasi kabi fundamental muammolarini örganişga qaratilgan.
Şu bilan birga, jahondagi eng boy kolleksiyalaridan biri — ğöza genofondining yaratilişida, uni yangi namunalar bilan töldirişda A.Abdullayevning hissasi beqiyos.








