«Bu viloyatlar hokimi, prokurori, ichki ishlar idoralari nima bilan band?» - Prezident energiya resurslaridagi o‘g‘riliklar haqida
Elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar hamda o‘g‘riliklar bilan bog‘liq eng ko‘p holatlar Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Namangan va Sirdaryo viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida aniqlangan.
Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektorda bugungi og‘ir vaziyatda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘riliklar davom etayotgani, bunga joylardagi rahbarlar befarq va sherik bo‘layotganiga chidab bo‘lmasligi qayd etildi.
Dekabr oyi boshidan qariyb 3 mingta, so‘nggi ikki kunda esa 1,5 mingta bunday holat aniqlangan. Ular, ayniqsa, Farg‘ona (617 ta), Andijon (325 ta), Samarqand (252 ta), Namangan (220 ta), Sirdaryo (218 ta), Toshkent shahrida (269 ta) ko‘p.
Misol uchun, elektrdan 8 million kilovatt o‘g‘irlangan, bu kuz-qish mavsumida 41 ming hovli uylarning bir oylik iste’moliga teng. Shu bilan birga, 11,5 million kub metr yoki 19 ming xonadonning bir oylik iste’moliga teng tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandi.
O‘tgan hafta Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir noqonuniy ravishda sotib yuborilgan.
«Bu viloyatlar hokimi, prokurori, ichki ishlar idoralari nima bilan band?» — deya savol qo‘ydi prezident.
Viloyat hokimlari qozonxona, gaz va ko‘mir tarqatish shoxobchalari, avtopark, elektr tarmoqlariga borib, ishlarni ko‘zi bilan ko‘rmagani, bu ishlarni tashlab qo‘ygani keskin tanqid qilindi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi

12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi

12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi

11:46 / 26.05.2025