24 dekabr kuni boş prokuror Niğmatulla Yöldoşevning buyruğiga asosan adliya polkovnigi Xolboyev Otabek Akbaroviç Özbekiston harbiy prokurorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Boş prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, Otabek Xolboyev tayinlovga qadar Toşkent harbiy prokurori lavozimida işlagan.
Şuningdek, Boş prokurorning buyruğiga asosan adliya podpolkovnigi Isroilov Qahramon Anvaroviç Özbekiston harbiy prokurorining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qahramon Isroilov tayinlovga qadar Navoiy harbiy prokurori lavozimida işlagan.
Toşkent şahar prokurori Qosimov Uluğbek Berdiqobiloviçga prezident farmoni asosida 3-darajali Davlat adliya maslahatçisi maxsus unvoni berildi.
Eslatib ötamiz, keça, 23 dekabr kuni harbiy prokuror Botir Qudratxöjayev prezident Şavkat Mirziyoyevga sohada qilingan işlar haqida hisobot bergan edi. Qudratxöjayev bu lavozimga noyabr oyi boşida tayinlangan.











