Prezident Şavkat Mirziyoyev Harbiy prokuratura organlari tomonidan amalga oşirilayotgan işlar hisoboti bilan tanişdi. Bu haqda 23 dekabr kuni prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi Qurolli Kuçlarda va harbiy tuzilmalarda qonunlarga rioya etilişini nazorat qiladi. Noyabr oyi boşida boş prokuror örinbosari – harbiy prokuror özgargan, bu lavozimda qariyb uç yil işlagan Şuhrat Uzoqov örniga bungaça Xorazm viloyati prokurori bölgan Botir Qudratxöjayev tayinlangan edi.
Rasmiy relizga köra, Harbiy prokuratura mamlakat suverenitetini mustahkamlaş, mudofaa salohiyatini oşiriş, harbiy xizmatçilarning va oila a’zolarining huquqlarini ta’minlaş çoralarini köryapti. Jumladan, joriy yilda 1 100 ga yaqin prokuror nazorati hujjati qöllanilib, 261 ta hujjat qonunga muvofiqlaştirilgan. 7 858 nafar şaxsning huquqi tiklangan. 654 nafar harbiy xizmatçining oila a’zolari iş bilan ta’minlangan.

Qurolli Kuçlarda quriliş dasturiga kiritilgan obektlarning loyiha-smeta hujjatlari nazorat tartibida körib çiqilib, 23 milliard sömdan ziyod budjet mablağlari iqtisod qilinişiga erişilgan. Harbiy prokuror protestlariga asosan sudlarning 10 ta qarori qonunga muvofiqlaştirilib, 6 nafar şaxs oqlangan.
Fuqarolarning 2 mingga yaqin murojaatlari körib çiqilib, 254 tasi qanoatlantirilgan. Şuningdek, sayyor qabullarda 3 200 nafar şaxs qabul qilinib, aniqlangan muammolarini hal etiş çoralari körilgan.
Ta’kidlanişiça, yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va huquqiy savodxonligini oşiriş maqsadida olis hududlardagi maktablar harbiy prokuratura idoralariga biriktirilib, prokurorlik soatlari taşkil etiladi.
Budjet mablağlarining maqsadli sarflanişini ta’minlaşda elektron platformalar imkoniyatlaridan yanada keng foydalaniladi.
Prezident Harbiy prokuratura faoliyatini raqamlaştiriş, inson manfaatlarini ta’minlaş böyiça qöşimça körsatmalar berdi.

















