O‘zbekiston | 15:32 / 24.06.2023
7760
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar Airways Dohadan Toshkentga muntazam parvozlarni boshlaydi

Qatar Airways aviakompaniyasi Doha – Toshkent – Doha yo‘nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha kompaniya ichki tartiblarini ishlab chiqyapti.

Foto: Qatar Airways

Joriy yilning 23 iyun kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov Qatar davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama etishdi. Elchi Qatar Airways aviakompaniyasi Doha – Toshkent – Doha yo‘nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha kompaniya ichki tartiblarini ishlab chiqayotganini ma’lum qildi.

Tomonlar ushbu jarayonlar yakunlangach, parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha mavjud talab va qoidalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.

Mavzuga oid