Markaziy saylov komissiyasi Özbekistonda 9 iyul kuni bölib ötgan navbatdan taşqari prezidentlik saylovining dastlabki natijalarini ma’lum qildi.
Unga köra, prezident saylovida 15,6 mln kişi, ya’ni saylovçilarning 79,8 foizi qatnaşgan.
Şavkat Mirziyoyevga 13 mln 625 mingdan ortiq saylovçi (87,05 foiz) ovoz bergan. MSK raisi rasman Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
Dastlabki natijalar:
- ÖzLiDePdan nomzod Şavkat Mirziyoyev — 87,05 foiz;
- XDPdan nomzod Uluğbek Inoyatov — 4,2 foiz;
- «Adolat» SDPdan nomzod Robaxon Mahmudova — 4,43 foiz;
- Ekopartiyadan nomzod Abduşukur Hamzayev — 3,74 foiz.

- Şavkat Mirziyoyev 2016 yil sentabrida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin vaqtinça davlat rahbariga aylangan, 2016 yil 4 dekabrida ötkazilgan prezidentlik saylovida 87,73 foiz ovoz bilan ğalaba qozongan, 2021 yil 24 oktyabridagi saylovda esa 80,12 foiz ovoz bilan 2026 yilgaça qayta saylangandi.
- 2023 yil aprel oyida Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça ötkazilgan referendumdan keyin Özbekistonda navbatdan taşqari prezidentlik saylovi belgilangandi, yangilangan Konstitutsiyaga köra, prezident vakolatlari beş yildan yetti yilga uzaytirilgandi.
- Bundan taşqari, özgarişlarga köra, Şavkat Mirziyoyevning prezidentlik muddati nollaştirilgandi. Şunga köra, u 2030 yilgi prezidentlik saylovlarida ham öz nomzodini ilgari surişi mumkin böladi.













