Endigina 3-sinfni bitirayotgan E’zoza yöl-harakati qoidasini buzmagan holda piyodalar uçun belgilangan maxsus yölakdan yölni kesib ötayotganda uni maşina urib yuboradi. Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilişiça, hodisa şu yilning may oyida poytaxtning Uçtepa tumani Lutfiy köçasida sodir bölgan.

“Matiz” rusumli avtoulov haydovçisi YTH sababini tartibga solinmagan piyodalar ötiş yölagidan ötayotgan piyodani körmay qolgani bilan izohlagan. Hodisa kuzatuv kameralariga tuşib qolgan. Tasvirlarda “Matiz” piyodalar uçun belgilangan yölakçadan kengligi 28 metr bölgan köçaning yarmigaça borib ulgurgan qizçani katta tezlikda kelib urib yuborgani aks etgan.

Odam ölimi bilan boğliq YTH röy bergan piyodalar yölagi va qoidabuzar haydovçi Foto: UzReport

Biroq haydovçi YPX xodimlari bilan suhbatda 8 yaşar qizçani urib yuborgan paytda soatiga 60 kilometrdan sal yuqoriroq tezlikda harakatlanib kelganini aytib, aybni zimmasidan soqit qilişga urinadi.

“Yölning narigi tomonidan yugurib ötib qoldi. Töxtaşga ulgurmadim, tormozni bosganimni bilaman, borib urdim. Qizça zarb kuçidan uçib ketdi”, deydi qoidabuzar haydovçi.

8 yaşar qizçani urib yuborgangan “Matiz” Foto: UzReport

Eng qiziği, hodisa sodir bölgan vaqtda yölning qatnov qismida “Matiz”dan boşqa avtoulov bölmagan. Ya’ni haydovçining ta’biri bilan aytganda, uning piyodani körmay qolişiga sabab böladigan heç bir omil mavjud bölmagan.

“Kiçkina odamni emas, katta odamni urib yuborganday paçaq bölgan-ku maşina. Sakkiz yoşli bola, u murğakkina gödak böladi-ku hali. Tez yurişning oqibatida böladi bunaqa halokatlar. Belgilangan joy bölsa, yöl belgilari körinib turgan bölsa, piyodalar ötiş joyi bölsa, qanday körmay qoliş mumkin?” deydi odam ölimiga sabab bölgan haydovçiga kuyinçalik bilan YPX inspektori.