Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlikni taşkillaştiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman va şaharlar hokimliklari tomonidan ÇQBTning moddiy-texnik jihatdan ta’minlanişi va öquv-moddiy bazasini barpo etiş işlarini amalga oşiriş mexanizmlarini belgilab beriş;
  • ÇQBT fani öqituvçisi lavozimida faoliyat yuritayotgan zaxiradagi (rezervdagi) ofitserlarga navbatdagi harbiy unvon va malaka toifasi berilişi tartibini belgilaş;
  • umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablarida ÇQBT fani öquv dasturi soatlari miqdorini ta’lim sohasida röy bergan islohotlarni inobatga olgan holda yangidan belgilaş;
  • ÇQBT fani öquv-moddiy bazasi obektlarini va ÇQBT sinfi jihozlari röyxatini tasdiqlaş;
  • mudofaa işlari bölimlari va ta’lim muassasalarida öquv qurollarini (AK-74 öquv quroli, öquv granata va minalari, öquv patronlar) saqlanişi tartibini belgilaş;
  • umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari bitiruvçilari (11-sinf va 2-kurs öğil bolalar) bilan harbiy poligonlarda amaliy otiş maşğulotlari ötkazilişini taşkillaştiriş;
  • ÇQBT fani öqitilişi taşkil etilişiga oid hisobot hujjatlarini yagona tartibga keltiriş va uşbu yönalişda mas’ul organlar orasida hamkorlikni yölga qöyiş.

Qayd etilişiça, uşbu qaror loyihasini amalga oşiriş uçun bir yilda jami 157,7 mlrd söm talab etiladi.

Jumladan, davlat budjetidan ÇQBT öqituvçilariga malaka toifasi berilişi munosabati bilan bazaviy lavozim maoşlariga qöşimça iş haqi tölanişi uçun  50,6 mlrd söm mablağ sarflanadi.

Mahalliy budjet mablağlari hisobidan 107,1 mlrd söm sarflanadi, şundan:

  • 67 mlrd söm – ta’lim muassasalaridagi ÇQBT öquv sinflari jihozlanişiga;
  • 12 mlrd söm – ta’lim muassasalari bitiruvçilari bilan poligonlarda öqotar quroldan amaliy otiş maşğulotlarini ötkazişga;
  • 28,1 mlrd söm – mudofaa işlari bölimlaridagi qurol saqlaş xonalarini Milliy gvardiya texnik qöriqlov punktlariga ulaşga.