Toshkentda yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulagani bo‘yicha jinoiy ish ochildi
Yetkazilgan zarar miqdori 2 mlrd 760 mln so‘mga baholanmoqda. Holat bo‘yicha uch nafar shaxs gumondor sifatida ushlangan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar prokuraturasi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushgani holati yuzasidan o‘rganish natijalarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, yo‘l o‘tkazgich qurilishidagi 2 mlrd 760 mln. so‘mlik zararda 3 nafar mansabdor ham gumon qilinmoqda.
«Joriy yilning 12 avgust kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidan I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi va Sodiq Tolipov ko‘chasiga chiqish va tushishiga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni qayta qurish obektida uzunligi 42 metrlik 5 dona balkalar qulab tushgan va 2 mlrd 760 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar mansabdor shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan», deyiladi xabarda.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushgani aks etgan videolar tarqalgandi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» bunga ehtiyotsizlik sabab bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
Mavzuga oid

23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi

13:46 / 17.03.2025
Toshkentda tanishini himoya qilishga uringan shaxs kuchli zarbadan so‘ng komaga tushib qoldi

19:57 / 17.02.2025
Toshkentning Glinka ko‘chasida ko‘p qavatli biznes markazi qurilishi mumkin

16:44 / 12.01.2025