Foto: RBC/TASS

Sachkov o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni tan olmaydi. So‘nggi so‘zida ham buni yana bir bor takrorladi. BBC rus xizmati kiberjinoyatlarga qarshi kurashgan dasturchining «josuslik ishi» qanday kechgani, Sachkovning o‘zi qo‘lga olinishida kimni ayblashi haqida hikoya qildi.

«Moskva-Siti»dagi bazm

«Menga qarshi ishning davlatga umuman aloqasi yo‘q, bu o‘zim bilan bog‘liq. Ba’zi odamlarga kiberjinoyatchilik bilan kurashganim xalaqit bergan ko‘rinadi. Aytishlaricha, qo‘lga olinganimdan keyin hakerlar guruhi «Moskva-Siti»da bazm uyushtirgan», degandi Sachkov 2022 yil o‘z ustidan ochilgan jinoyat ishini izohlar ekan.

Bu gaplarni advokati orqali ommaga yetkazganda Sachkov sakkiz oydan buyon tergov qamoqxonasida edi. Uni 2021 yil sentabr oyida qo‘lga olishadi. O‘shanda Group-IB ofisiga niqobdagi va fuqarolik kiyimidagi odamlar tintuv o‘tkazib, u yerdagi narsalarni olib ketishgan.

Sachkov va advokatlari hukm o‘qilishi chog‘ida. Foto: Moskva shahar sudi

OAVda mashhur dasturchi qo‘lga olinishi bo‘yicha turli taxminlar ilgari surila boshladi. Forbes'ning yozishicha, Sachkovning yaqinlari uning qo‘lga olinishini Evil Corp. guruhi rahbari Maksim Yakubetsni omma oldida tanqid qilgani bilan bog‘laydi. Evil Corp. 2019 yildan buyon AQSh sanksiya ro‘yxatida turadi. Amerika hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, bu guruh hakerlari 40 dan ortiq davlatlardagi odamlar, banklar va korxonalardagi kompyuterlarni Dridex virusi bilan zararlash orqali 100 million dollardan ortiq pul o‘g‘irlagan.

2020 yil Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakatdagi IT-mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazadi. O‘sha uchrashuvda so‘zga chiqqan Sachkov Rossiya hukumatini kiberjinoyatlar bilan kurashishda sustkashlikda ayblab, misol sifatida aynan Yakubetsni keltiradi.

«Men vatanparvar insonman. Shunday ekan, uni tanqid qilsam, faqat vatanga mehrimdan deb biling. Birinchi aytmoqchi bo‘lganim – Rossiyaning dunyodagi kiberjinoyatlar va kiberxavfsizlikka nisbatan bo‘lgan ritorikasi. Moskva ko‘chalarida raqamiga VOR (o‘g‘ri –