
Ğolibga sobiq prezident Donald Tramp munosib qarşilik qilişi mumkin edi, ammo Oq uy rahbarligiga qaytişiga işonayotgan Tramp payşanba kuni Jorjiyadagi Fulton qamoqxonasida edi. Tergov hibsxonasida 20 daqiqa bölganidan keyin sobiq prezidentga navbatdagi ayblov öqib eşittirildi.
Işonçli ğalaba
Debatlardagi butun birinçi raund davomida ustunlikka ega bölgan Ramasvami boşqa respublikaçilardan ajralib turgandi. Masalan, faoliyati davomida birorta saylovni yutqazmagan AQŞning BMTdagi sobiq vakili Nikki Heylidan farqli ölaroq Ramasvami hali heç bir saylovda iştirok etmagan ham. Bundan taşqari, uning tan olişiça, AQŞdagi oxirgi 4 ta prezidentlik saylovlarida hatto saylovçi sifatida ham qatnaşmagan.
Kelib çiqişiga köra hindistonlik bölgan nomzod debatlar davomida özini respublikaçilar siyosiy isteblişmentiga çaqiruv taşlayotgan autsayder sifatida körsatişga harakat qilişi tabiiy edi. U respublikaçi nomzodlar orasida Ukrainaning NATOga kirişini qöllamaydigan va Moskvaga yerlarini berişi kerak deb hisoblaydigan yagona nomzod.
Ramasvami Meksika bilan çegarani doimiy armiya harbiylari qöriqlaşi va AQŞ kompaniyalariga Xitoy bilan hamkorlik qilişni taqiqlaş kerakligi haqida radikal takliflarni ham ilgari surdi. Hozirça bunday çiqişlar uning foydasiga işlamoqda. Köpçilik debat davomida unda faqat Ramasvami qatnaşayotgandek taassurot tuyganini aytgan.
Muhokamalar davomida Ramasvami raqiblarining bosimlarini oson yengib ötgan va ularning nomzod bölişga intilişi samimiy ekaniga şubha bildirgan. Xususan, Nikki Heyliga Ukrainadagi uruşga nisbatan pozitsiyasi keyinçalik harbiy işlab çiqariş pudratçilari kengaşidan joy olişni istayotgani bilan boğliq ekanini aytgan.
«Men bu sahnada heç kimdan pul olmaydigan yagona odamman», dedi nomzod va uning bu gapi qolgan raqobatçilarida keskin e’tirozlar uyğotdi.









