«Öz vaqtida bu kampaniya iştirokçisi 14 kişi edik. Ammo bugun rasman ikki kişi poygasi boşlandi – men va Tramp», - deya yozgan Heyli BBC’ning Şimoliy Amerikadagi muxbiri Entoni Zurker tanişib çiqqan poçta xabarlaridan birida.

Yanvar oyida praymeriz va kokus marafoni boşlangandi – bu  jarayon davomida Amerika ştatlari birin-ketin AQŞ prezidentligiga nomzodni tanlaydi.

Respublikaçilar örtasida birinçi ovoz beriş jarayoni an’anaga köra Ayovada bölib ötdi va Donald Tramp darhol poygada yetakçilikni qölga oldi. Nikki Heyli bu ştatda Desantisdan 2 foiz kamroq ovoz olib, uçinçi örin bölgandi.

Ammo endi Heyli va Tramp örtasida ovozlarning bir qismini özini qilişi mumkin bölgan boşqa nomzod qolmadi.

Seşanba kuni Nyu-Hempşirda navbatdagi ovoz beriş jarayoni bölib ötadi va bu ştatdagi natijalar respublikaçilar nomzodi uçun kuraş qanday keçişiga oydinlik kiritib beradi.

Nikki Heyli kim özi? Va unda Trampni yengiş uçun imkoniyat bormi?

Nikki Heylining siyosiy yöli

Nikki Heyli – AQŞ prezidentligiga nomzod bölgan beşinçi ayol kişi (oq tanli bölmagan ilk ayol nomzod).

U 52 yoşda bölib, 1972 yilda Janubiy Karolina ştatida hindistonlik sikh muhojirlari oilasida dunyoga kelgan. Özini nasroniy deb biladi, ammo ota-onasining diniga hurmat sifatida sikhlarning diniy marosimlarida qatnaşadi.

2005 yildan 2010 yilga qadar Heyli Janubiy Karolina Vakillar palatasida işlagan, 2011 yilda ştat gubernatoriga aylangan va bu lavozimda 2017 yilga qadar qolgan.

2017 yil yanvarida, AQŞ prezidentligiga endigina kelgan Donald Tramp uni mamlakatning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlagandi — Heyli uni köp bor tanqid qilgani va saylovlarda uning nomzodini qöllab-quvvatlamaganiga qaramay.

BMTda u Rossiya va Eron manzillariga qattiq tanqidlar yoğdirib, uşbu ikki davlatga nisbatan sanksiyalarni ilgari surgani bilan yodda qolgan.

U işlagan davrda AQŞ BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşini tark etgan. Bu, albatta, Oq uyning qarori edi, ammo uning özi ham bunda muhim rol öynagan.

Heyli kengaşni muntazam ravişda «surunkali Isroilga qarşi tarafkaşlik»da ayblab keladi, AQŞ uning safidan çiqayotgani e’lon qilinganida esa kengaşni «siyosiy tarafkaşlik çuqurligi» deb ataydi.