Longyirbiyen Norvegiyaning Svalbard arxipelagida joylaşgan kiçik şahar. Hudud kömir qazib olişga ixtisoslaşgan. Arktikada joylaşgan bu şahar haqida bir-biridan qiziq ma’lumotlar borki, ular haqida juda kam gapirilgan.

Toğ-kon sanoati uçun oçilgan şahar

Longyirbiyen Adventfyord qirğoğidagi vodiyda joylaşgan bölib, tik toğlar va bir neçta muzliklar bilan öralgan. Şahar 1990 yillarda toğ-kon sanoati sabab vujudga kelgan. 1901 yilda amerikalik sanoatçi John Munro Longyir bu yerga kelib konçilik qidiruv işlarini boşlaydi. Va 1906 yilda hududdagi ilk konni oçadi. Şundan keyin şahar nomi Longyirbiyen deb atala boşlanadi. “Long year” – uzun yil degan ma’noni anglatadi. Hozir ham bu hudud konçiligi bilan maşhur va odamlarning asosiy qismi ham şu soha egalaridir.

Şaharda ötgan 40 yil içida konçilikdan taşqari boşqa bizneslar ham rivojlandi. Masalan, endilikda şahar turistlar orqali ham boyimoqda. Yiliga 100 mingdan ortiq kişi şaharga taşrif buyuradi.

Kunduz kuni ham fonarda yuriş
Longyirbiyenda eng issiq harorat 21 daraja, eng sovuq esa – 46,3 darajada qayd etilgan. Şaharda 53 davlatdan odamlar kelib yaşaydi. Ularning soni esa 2,400 atrofida. Yaşaşga keladiganlar orasida sovuq Arktika tabiatida köproq vaqt ötkazişni xohlaydigan sarguzaşt ixlosmandlari ham bor.

Longyirbiyen dunyoning eng şimoliy şahri hisoblanadi. Şaharda quyoşning eng oxirgi botişi 25 oktyabrga töğri keladi. Şundan keyin 4 oy davomida quyoş qaytib çiqmaydi. Quyoşning qayta çiqiş kuni 8 mart bölib, odamlar şu kuni 12:15 da quyoşning rasman qaytişini kutib oliş uçun yiğilişadi. Bu marosim bayrami 1 hafta davom etadi. Quyoşsiz kunlarda odamlar işga yoki biror yumuş bilan köçaga çiqsa, boşda fonar bilan yuradi.



















