Erta uxlab, erta uyğonadiganlar keçgaça işlab, keç uyğonadiganlardan köra köproq pul topadi, deyiladi fin olimlari ötkazgan tadqiqotda.
Sörovnomada 12 ming örta yoşlilar qatnaşgan. Natijaga köra, keçgaça işlab keç uyğoniş iş haqining pasayişiga bilvosita ta’sir qiladi. Bunday farq asosan erkaklarda köproq sezilgan. Ya’ni keçga qadar işlab keç uyğonadiganlar vaqtli turadiganlardan örtaça 4 foizga kamroq pul topişlari aniqlangan.
Ular odatiy iş soatlariga unçalik mos kelmaydi. Çunki kunning eng unumdor payti 8 dan 16 gaça bölib, bu soatlarni keç uyğonadiganlar ötkazib yuborişlari mumkin.
Tadqiqotçilar fikriça, keç uyğonadiganlar jamiyatning sezilarli qismini taşkil qilgani sababli bu jamiyatning iqtisodiy ahvoliga ham ta’sir qiladi. Şuning uçun bunday kişilarga öziga mos iş topiş tavsiya qilinadi.








