AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller payşanba kuni bölib ötgan kundalik brifingda Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlari harbiy jinoyatlar hisoblanadimi, degan savolga javob bermadi.

«Men bu hujumni baholay olmayman. Men boşqa hujumlarni ham baholay olmayman», dedi u Jabaliya qoçqinlar lageriga Isroil havo hujumlarini izohlar ekan. 

Şuningdek, u nega AQŞ Isroilning Falastin eksklavidagi tinç aholiga qilgan hujumlarini haligaça qoralamaganini tuşuntirib bermadi. 

Avvalroq Isroilning Ğazo sektoriga hujumlariga qarşi namoyişçilar AQŞ davlat kotibi Entoni Blinkenning Kongressdagi nutqini töxtatib qöygandi.

Diplomatning Senat moliya qömitasi oldidagi nutqi bir neça bor: «Zudlik bilan öt oçişni töxtating!», «Ğazo bolalarini qutqaring!», «Ğazoni ozod qiling!» va boşqa hayqiriqlar bilan töxtatilgan. 

Davlat kotibi Senatda AQŞ prezidenti Jo Baydenning Ukraina va Isroilga 106 milliard dollarlik yordam taqdim etiş böyiça murojaati yuzasidan eşituvlarni boşlaganida faollar qizil rangga böyalgan qöllarini kötarib olgan.

Blinken öz nutqini töxtatgan va politsiya namoyişçilarni zaldan çiqarib yuborişini indamay kutib turgan.